Magistraturada ta’lim olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berilishi bo‘yicha ma’lumot

Magistraturada ta’lim olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berilishi bo‘yicha ma’lumot

EconomymoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoniga muvofiq mamlakatda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz davlat budjetidan qoplash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun 75,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 2022-2023 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan 12 300 nafar xotin-qizlarning 1-o‘quv yilining yarmi uchun 68,3 mlrd. so‘m mablag‘ qaytarish shartisiz qoplab berildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida keltirilgan Farmoniga muvofiq magistratura bosqichiga yanvar oyida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summalari davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun 200,0 mlrd so‘m nazarda tutilgan.

Shundan kelib chiqib, yanvar oyida magistratrua bosqichiga qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish yuzasidan xavotirga o‘rin yo‘qligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosi to‘liq bajarilishini ma’lum qilamiz.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page