"Madhiyamiz- faxrimiz "

"Madhiyamiz- faxrimiz "

Мурадова Мавжуда Раджабовна

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov sheʼri, Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorugʻ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Pedagogika fakulteti tyutorlari 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan talabalar o'rtasida "Madhiyamiz- faxrimiz " nomli bayram tadbiri o'tkazildi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jonli ijro etildi.

Report Page