Madaniyat va turizm vazirligi hamda Zo‘rtv telekanali “Mendirman Jaloliddin” seriali 2-mavsum taqdimoti

Madaniyat va turizm vazirligi hamda Zo‘rtv telekanali “Mendirman Jaloliddin” seriali 2-mavsum taqdimoti



Bugun, Zo‘rtv telekanali  “Renessans Hall” asosiy zalida Jasoratning so‘nmas siymosi, g‘animga aslo tiz cho‘kmagan, aksincha g‘ururi, ori, jasorati bilan hatto dushmanida havas uyg‘otgan xalq qahramoni hayotidan hikoya qilayotgan, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun xalqparvar davlat barpo etish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, millatimizga xos an’ana va qadriyatlarni keng targ‘ib qila oladigan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali serialning 2- mavsumi premyerasi bo‘lib o‘tdi.


Turkiyaning “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Mendirman Jaloliddin” seriali  buyuk ajdodimiz Sulton Jaloliddin Manguberdining nafaqat Vatanimiz, miqyosidagi balki butun Sharq olamida, shuningdek, jahon tarixida tutgan o'rni haqida hikoya qiladi. Bunday tarixiy shaxslarimiz har asrda ham kelavermaydigan buyuklar sirasidan ekanligini nazarda tutsak, bugungi va kelajak avlodlarni harbiy Vatanparvarlik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati bemisldir. Negaki Sulton Jaloliddin Manguberdi Vatani, xalqi, ozodligi yo'lida tillarda doston bo'lgan. Kurashlarning ko'lami miqyoslari jihatidan taqqoslanganda tarozining ikkinchi pallasiga jahondagi biron-bir o'tgan shu taxlitdagi tarixiy qahramonni tenglashtirib, qiyoslab bo'lmaydigan nisbiy masofa mavjudligiga tarixiy manbalar guvohlik beradi, tarixiy adolat bong urishda davom etadi.


Taʼkidlash kerakki, oʻzbek va turk ijodkorlari hamkorligida yaratilgan ushbu serial yurtimiz teleasarlari tarixida burilish yasay oldi. Tomoshabinni Manguberdi yashagan davrga olib tushdi, yoshlarni jasur va dovyurak bobolarimizga qayta tanishtirib, ularga nisbatan mehr uygʻotmoqda. Buning uchun kadr ortidagi va aktyorlarning ulkan mehnati singiganini tan olmay iloj yoʻq. Ssenariydagi juzʼiy kamchiliklar borligidan koʻz yumolmaymiz. Lekin aktyorlar ijrosi haqqoniy va jonli. Oʻzbek aktyorlarining mahorati xorijlik hamkasblaridan kam emasligini borgan sari koʻzga tashlanmoqda. Aytish mumkinki, o'zbek kinomuxlislari qalbidan chuqur joy olgan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialini ko’rganda beixtiyor ko'z oldingizda o'sha davr gavdalanadi, kishi o'zini o'tmishga tushib qolgandek his qiladi.


Sulton Jaloliddinning kurash va hayot yo'li mardlik va jasoratda nafaqat yurtimiz yoshlari va xalqimiz va ozodlik hamda mustaqillikning tom ma'noda qadriga yetuvchi bashariyat uchun ibrat ramzidir. Uning Vatan mustaqilligi yo'lidagi so'nmas va betimsol jasorati mardlikning eng sarbaland etalon makonidir. Shuningdek, mardu maydonlik sarchashmasi hamdir.


Eslatib o‘tamiz, 2019-yil sentabr oyida Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” seriali ustida ish boshlanishidan oldin "Jaloliddin Manguberdi: hayot va filmlardagi badiiy mujassamlik" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtgan edi va filmning gʻoyaviy talqini va ssenariysi muhokama qilingandi.







Report Page