Maʼnaviyat va maʼrifat.
Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha joriy yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining joriy yilning 9-sentyabrdagi buyrug‘i bilan hududiy boshqarmalariga maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan bo‘lib Namangan viloyati boshqarmasi tizimida ham topshiriqlarni bajarilishini taʼminlash uchun boshqarma boshlig‘i raisligida 5 nafar xodimlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha ishchi guruh tuzildi va yillik ish rejasi tasdiqlandi.
Ishchi guruh tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning boshqarma tizimida rioya qilish uchun ishchi komissiyaning raisi o‘rinbosari I.Sarimsaqov tomonidan o‘quv seminari tashkil qilindi va unda tizimdagi 32 nafar xodim qatnashdi. Xodimlarni o‘qitish bo‘yicha yil oxiriga qadar jami 13 nafar xodimlarni o‘qitish va sertifikatlar olish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Namangan viloyati bo‘limida boshqarma va uning 5 ta tuman filiallaridan jami 6 nafar xodim masofaviy va anʼanaviy tarzda o‘qishga jalb etildi.
Boshqarma tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish bu boradagi mavjud muammolarni hal etish uchun boshqarma boshlig‘i Nozimjon Inamov tomonidan Uychi, Namangan, Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq tumanlar filiallarida va Namangan shahar filialida xodimlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazildi. Unda 230 nafardan ortiq xodimlar qamrab olindi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni asosiy yo‘nalishi bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularni har xil maʼnaviy tahdidlardan asrash, ularga bilim olishlari uchun sharoit yaratish kabi masalalar Ishchi guruhning doimiy eʼtiborida bo‘lib hozirgacha tuman filiallarida boshqarma boshlig‘i ishtirokida 4 marta “Yoshlar kelajagimiz” nomli tadbirlar o‘tkazildi. Unda 15 nafar yoshlarni ish sharoiti, maoshi, o‘qishi bilan bog‘liq masalalar ijobiy hal qilindi.
Boshqarma tizimida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan bir qatorda sport masalalariga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Barcha tuman filiallarida xodimlar mini futbol, stol tennisi, voleybol, shaxmat, shashka kabi sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqdalar.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha ishchi guruh aʼzolari Kadastr sohasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan 11 nafar faxriylardan xabar olishdi, 5 nafar bemorlarni yo‘qlashdi va ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan 5 nafar xodimlarga qimmat baho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek xodimlarning tug‘ilgan kunlarida, yubileylarida jamoa nomidan tabriklash va taqdirlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib 8 ta tuman filiallarida maʼnaviyat burchaklari tashkil qilindi. Bu ishlar davom etmoqda. Boshqarma bo‘yicha 15 turdagi gazeta va jurnallarga obuna bo‘lingan.
Boshqarma tizimida Maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishdagi bajarilgan ishlar ommaviy axborot vositalarida 2 marta va ijtimoiy tarmoqlarda telegram kanalida 7 marta yoritilib borildi.
Viloyatning barcha 12 ta tuman, shahar filiallarida har juma kunida “Maʼnaviyat soati” tashkil qilinib, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonlaridan qabul qilingan qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining va Davlat kadastrlari palatasining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan buyruq va farmoyishlar, sohadagi yangiliklar bilan xodimlar tanishtirib borilmoqda.
Matbuot xizmati.