Maʼlumot

Maʼlumot

@Tdau_news

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisining 2024-yil 13-apreldagi №№ 03-RA 1-5357-sonli topshiriq xatiga asosan mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining talaba va o‘quvchilarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Ma’rifat ulashib" loyihasi amalga oshirilmoqda.


"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida Toshkent davlat agrar universitetiga biriktirilgan 12ta maktab oʻquvchilari bilan birgalikda taniqli shoirlar Mahmud Toir, Zohidjon Xolov, Neʼmat Dushayev hamda Toshkent davlat agrar universiteti "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri Sayyora Xolmirzayeva bilan birgalikda tadbir oʻtkazildi.


Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida oʻtkazilgan “Ma’rifat ulashib” tadbirida 30 ga yaqin yoshlar ittifoqi faollari hamda universitet jamoasi ishtirok etishdi. Adiblar oʻzilarining ijod naʼmunalaridan oʻqib berdi hamda talabalar bilan dildan suhbatlashishdi.


Shuningdek, tadbir oldidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi hamda taklif etilgan mehmonlar maktab hududiga koʻchatlar ekishdi.


Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati rasmiy sahifasi

Report Page