Maʼlumot

Maʼlumot

@Tdau_news

Ozarbayjon respublikasi Barda tumanida "Az Silk" qoʻshma korxonasiga Oʻzbekiston tajribasini joriy etish va tajriba almashish uchun Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va Tutchilik kafedrasi dotsenti Y.Y.Mirzayeva yetib keldi. Qoʻshma korxona rahbariyati bilan kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi. Korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlardan universitetimiz sobiq 1986-yilda oʻqigan talabasi agranom Xojiyev Badal bilan Bаrda tumanida tut ipak qurti parvarishlanayotgan xonadonlar nazorat qilindi.


Barda tumanidagi "Az Silk" MCHJ qoʻshma korxonasi Ipakchilik klasteri mutaxassisi S.Rahmonov bilan 11 nafar xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan. Ozarbayjonlik xotin-qizlarga universitetimiz dotsenti Y.Y.Mirzayeva tomonidan 40 quti ipak qurtini parvarishlash agrotexnikasi oʻrgatilmoqda. Uyqudan 4-yoshga turgan tut ipak qurtlarini siyraklashtirish gʻanalash qalin boʻlganda koʻchirish ishlarini amalda bajarib oʻrgatilmoqda.


Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati rasmiy sahifasi

Report Page