MUTOLAA MUSHOHADASI

MUTOLAA MUSHOHADASI

Ilk qadam

BESH BOLALI ORIFJONNING QISMATI

 Xalq tanigan, ko'plab insonlarning sevimli yozuvchisiga aylangan Xudoyberdi To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asari o'qigan kitobxonlarning ong-u shuurini larzaga keltiradi. Sababi bu asarda o'tgan yillarning tashvishli,qiyinchilik onlari hamda insonlarning og'ir qismati aks etgan. Afsuski, asarning bosh qahramoni Orifjonning hayotida ham shunday voqea yuz bergan. Ayniqsa, Orifjonning ukalari bilan juda ko'p sinovli damlar o'tgan.

Nafaqat bu voqealar balki, otasining urushga ketib qaytmagani, onasini esa kecha-yu kunduz ishlagani, ammo qismatning achchiq haqiqatlari sabab onasidan ham ayrilgani kishini og'ir qayg'uga soladi.

Umuman olganda, ushbu asarni o'qiganda insonlar davlatimiz yaratib berayotgan hozirgi sharoitlardan to'g'ri yo'lda foydalanib, faqat oldinga ildam qadam tashlash zarurligini anglab yetadi. Zeroki, bizdan Kubor, Temur, Bobur, Kubro kabi buyuklar chiqqan, biz esa ularning avlodlari, davomchilarimiz. Biz ham ulardek ulug' insonlar bo'lib yetishishimiz uchun doimo harakat qilishimiz kerak.

Bu asarni o'qigan kitobxon o'zi xohlagandek xulosa chiqaradi. Biroq qanday xulosalar chiqarishdan qat'iy nazar, muhimi, bu asar inson qalbining tub-tubidan joy oladi.

 

Xumora Abduxoliqova,

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi

ijod maktabi 7-sinf o’quvchisi


Report Page