MUTAXASSIS JAVOB BERADI

❓SAVOL: Alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bilan shu g‘ullanuvchi korxona aylanmadan olinadigan soliqni t o‘lashi mumkinmi?
“Shaxina Samandarjon” OK rahbari S.Boymurodova.
❗️JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XX-bo‘lim, 66-bob, 461-moddasi, 2-qismi, 9-bandiga ko‘ra alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga nisbatan aylanmadan olinadigan soliq tadbiq etilmaydi. Ya’ni, mazkur toifa soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat hamda foyda solig‘ini to‘lashlari shart.
Bunda, Soliq kodeksining 462-moddasiga ko‘ra alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari tegishli ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) olgan yoki o‘z faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. Mazkur moddaga ko‘ra Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash soliq to‘lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
Soliq kodeksi bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;
agar Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimi E.GADOYEV.