МУРОЖААТ
Ohangaron shahar ProkuroriBunday holatlar ko‘pincha og‘ir oqibatlarga, begunoh insonlarning jabrlanishiga sabab bo‘layotgani hammamizga ma’lum.
Shu sababli, 2025-yil 20-fevraldan boshlab qonunchiligimizda mast holatda transport vositasini boshqarish, shuningdek, bunday shaxslarga boshqaruvni topshirish yoki tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Aziz yurtdoshlar!
Har biringizni yo‘llarda hushyor va ogoh bo‘lishga, qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqiraman.
Unutmang, haydovchi rulga o‘tirganida nafaqat o‘z hayoti, balki butun jamiyat xavfsizligi uchun ham javobgardir.
Keling, barchamiz qonunga amal qilaylik, yo‘llarda tartib va xavfsizlikni ta’minlaylik!