MUROJAATLAR YECHIMIDAN XALQ MANFAATDOR:
TA’MINOT YAXSHILANMOQDA
Iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash, ularga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish borasida joylarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston tumanining “Kichik Oqmasjid” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarning elektr tarmoqlarini yaxshilash borasida qilgan murojaatlari bugun o‘z yechimini topmoqda.
Mazkur mahallaga 2 dona turli quvvatdagi yangi transformator punktlari o‘rnatildi.
Yangi elektr uzatish tarmog‘i uchun umumiy hisobda yuzga yaqin temir-beton tayanchlari olib kelib loyiha asosida o‘rnatilib, 0,6 km uzunlikda 10 kVli, 3,1 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
Buning natijasida hududdagi 200 dan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.
Bundan tashqari, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Shodlik”, “Qayquobod”, “Qo‘shqonoq” hamda “Qaynar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida ham elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.