MUROJААTGА MUNOSАBАT

MUROJААTGА MUNOSАBАT

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси


Аndijon viloyati Izboskan tuman tibbiyot birlashmasida “ laporoskopik xirurgik operatsiyalar”da pullik xizmatlar koʼrsatilayotganligidan norozilik bildirilganligi ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan.


Аndijon viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼining bevosita ishtirokida Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi boshligʼi А.Аbdujabborov, Reanimatsiya boʼlimi, jarroxlik boʼlimi hamda laparoskopik jarroxlik apparatida jarroxlik amaliyotlarini bajarayotgan hodimlar bilan holat muhokama qilindi.

Boshqarma boshligʼi tomonidan mazkur holat yuzasidan masʼul hodimlardan tegishli tushuntirishlar talab qilindi, tafsilotlar bilan tanishildi, Laparoskop apparati Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan butun mamlakatimiz miqyosida barcha tuman tibbiyot birlashmalari qatori Izboskan tuman tibbiyot birlashmasiga Davlat dasturi doirasida bepul taqdim etilganligini taʼkidlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari xisobiga tibbiy yordam koʼrsatish tartibi toʼgʼrisidagi nizom talablari asosida pullik xizmatlar koʼrsatilishida aholining kam taʼminlangan toifasi manfaatlariga eʼtibor berish talab etildi, mazkur toʼlovlar shaffoflikni taʼminlagan holda toʼlov kvitantsiyasi asosida amalga oshirilayotganligi, shoshilinch va kechiktirib boʼlmaydigan holatlarda esa Davlat tibbiyot muassasasida tibbiy xizmat doimo bepul tartibda koʼrsatilishi tartibi amal qilishi shartligi taʼkidlandi, Sugʼurta mablagʼlarini jalb etib, aholiga imtiyozli xizmat koʼrsatish orqali muammolarga barham berish tartiblariga eʼtibor berish talab etildi.

Muxokama yakunida aholi va tibbiyot xodimlari orasida muntazam anonim soʼrovnomalar, individual suhbatlar oʼtkazilishi boʼyicha topshiriqlar berildi, xodimlardan tilhatlar, tushuntirish xatlari olindi va fuqarolarga tibbiy xizmat koʼrsatishda taʼmagirlik va poraxoʼrlik holatlari sodir etgan taqdirda Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari tartibida javobgarlikka tortilishi toʼgʼrisida rasman ogohlantirish va tushuntirishlar berildi.

 Аndijon viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati



Report Page