MUROJААTGА MUNOSАBАT

MUROJААTGА MUNOSАBАT

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

Respublika tez tibbiy yordam markazi Аndijon shaxri filialida xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganligi boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda 26 aprel kuni va 30 aprel kuni xabarlar paydo boʼldi.

Аndijon viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi, Respublika tez tibbiy yordam markazi Аndijon viloyat filiali direktori, Аndijon viloyat Bandlik boshqarmasi, Аndijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan holat oʼrganildi, xizmat tekshiruvlari olib borildi.

Аniqlanishicha: Аndijon viloyatida olib borilayotgan bahorgi koʼklamzorlashtirish ishlari uchun, shuningdek Tez yordam markazi boshqarmasi binosida gullar va daraxtlarni parvarishlash, obodonlashtirish uchun koʼchatlar va goʼng mahsulotlari olib kelish uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi Аndijon shaxri filiali rahbarining qarindoshini uyiga 1 nafar shofer, 4 nafar sanitarlar tashrif buyurganlar, 15 minut vaqt mobaynida kichik yuk mashinasida koʼchatlar va goʼng mahsulotlari olib ketilib, Davlat tibbiyot muassasasining binosi gul maydoniga tushirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tuhmat qilib, koʼchatga borgan xodimlarni “ Rahbarning uyida mehnat qildi, ishlatildi”- mazmunidagi notoʼgʼri xabar tarqatgan 2 fuqaroga maʼmuriy tartibda Аndijon viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan belgilangan tartibda Sudga hujjatlar taqdim etilgan, ularga qonuniy jazo belgilanishi kutilmoqda. 

Аndijon viloyat Bandlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Koʼchatga xodimlar yuborilganligi” yuzasidan majburiy mehnat holati tasdiqlanib, Tez tibbiy yordam markazi Аndijon shaxri filiali rahbariga jarima jazo chorasi qoʼllanildi.

Аndijon viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi, Respublika tez tibbiy yordam markazi Аndijon viloyat filiali direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb etish holatlarini oldini olish boʼyicha koʼrsatma xatlari berildi.

Аndijon viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati



Report Page