MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI


    Har bir murojaat ortida inson taqdiri bor. Darhaqiqat, shunday. Zero, bugungi kunda yurtimizda murojaatlarga munosabat tubdan o‘zgargan. Davlat idoralari va mansabdor shaxslar fuqarolar va jamiyat oldida mas’ulligini, xalq manfaati ustuvorligini o‘z hayotlarida yaqqol his qila boshlashdi.

        Jamshid Lapasov "BO‘STON POULTRY" mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi. U tadbirkorlikning ishlab chiqarish yo‘nalishida faroiyat olib boradi. J. Lapasov faoliyatini kengaytirish maqsadida Zarbdor tumanidagi “Yoshlar sanoat zonasi”da yer olib, ushbu yerning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Mutaxassislar tomonidan J. Lapasovning murojaati o‘rganib chiqilib, “Yoshlar sanoat zonasi”da noturar yer uchastkasiga kadastr hujjati tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazdirilib, murojaat ijobiy hal etildi.

           Darhaqiqat, har bir murojaat ortida xalq manfaati yotadi. Shuning uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Ushbu hujjat asosida ariza, taklif va shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va hal etilishiga, natijada inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari yanada samarali himoya qilinishiga xizmat qilayotganimizni his etib yanada samarali ishlashga intilaveramiz.



Report Page