MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I

MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat makazi Kogon tuman bo'linmasi, oila va xotin qizlar bo'limi, tuman ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o‘zida mujassamlashtiradi.Har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Bayrogʻimizning balandligi yurtimizning obroʻ-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland koʻtaraylik!


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi


Report Page