MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON

MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON

Pedagogika fakulteti tyutorlari D.Majidova Y.Qodirova

 Inson yurt tarixi, qadriyatlari, ajdodlari xotirasi bilan tirik, barhayot. Ayniqsa, Vatan ravnaqi, yurt ozodligi uchun fidokorona mehnat qilgan vatandoshlarimizning ezgu hamda sharafli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir. Shu ma’noda, ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish va e’zozlash, og‘ir janglarda yarador bo‘lib qaytgan keksalarimizni, front ortida mashaqqatli mehnati bilan g‘alabaga o’z hissasini qo‘shgan yurtdoshlarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qo‘yish va munosib taqdirlash milliy qadriyatlarimiz qatoridan keng o‘rin olgani quvonchlidir.

Shu munosabat bilan bugun Pedagogika fakultetida ham 9-may ''Xotira va Qadrlash'' kuni munosabati bilan talabalar o'rtasida rasmlar tanlovi o'tkazildi tanlovda 4-2PPS 20 guruh talabalari va 4-1TEX20 guruh talabalri ishtirok etishdi

Pedagogika fakulteti tyutorlari D.Majidova,  Yu. Qodirova


Report Page