MUNOSIB EHTIROM

Respublikamizda aholi salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Aholi sog‘ligini saqlashda barcha tibbiyot xodimlari kabi tibbiyot hamshiralarining o‘rni va qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Har yili 12 may - Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda munosib nishonlanib, hamshiralarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi.
Bu kun mamlakatimizda ham hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bayram arafasida aholi salomatligini muhofazalash borasida samarali mehnat qilib kelayotgan tibbiyot hamshiralari uchun tantanali tadbirlar tashkil etish, tadbirlar davomida o‘z kasbining fidoiylari bo‘lgan hamshiralarni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash, ular mehnatiga munosib baho berish - tarmoq kasaba uyushmasining an’analaridan biri hisoblanadi.

12 may - Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash tasarrufidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda karantin talablariga rioya qilingan holda bayram tadbirlari tashkil etildi.
Shuningdek, joriy yilning 12 may kuni “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining majlislar zalida tashkil etildi. Mazkur tanlovda Navoiy viloyatidan ishtirok etganlar quyidagi nominatsiyalarda qo‘yidagicha o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:
1. “Yilning eng yaxshi shoshilinch yordam hamshirasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
Inoyatova Munavvar Toshtemirovna - Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali jonlantirish bo‘limi hamshirasi- 2 o‘rinni;
2. Yilning eng yaxshi tibbiy-ijtimoiy muassasa hamshirasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
Tojiyeva Nigora Qaxorovna - Navoiy viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi hamshirasi - 1 o‘rinni
3. “Yilning eng yaxshi farmatsevti” nominatsiyasi bo‘yicha:
Nuriddinova Shahnoza Toshpulatovna - Navoiy viloyati Karmana tuman tibbiyot birlashmasi dorixona bo‘limi farmatsevti -2 o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Ko‘rik tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining artel smart televizorlari, kir yuvish mashinalari, diplomlari hamda viloyat kengashining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari viloyatda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 37 nafar ishtirokchilarga viloyat kengashi tomonidan qimmatbag‘o sovg‘alar va esdalik sovg‘alari topshirildi.