#MUNOSABAT
#MUHIM_KELISHUVLAR_IMZOLANDI
19-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya poytaxti Budapeshtga rasmiy tashrif buyurdi. U yerda Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar olib bordi va Vengriyaning yetakchi banklari rahbarlari bilan uchrashdi. 21-may kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Tashrif yakunida Prezident Mirziyoyev Sloveniyaga yo'l oldi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari 22-may kuni Sloveniyaga rasmiy tashrifi davomida O'zbekiston va Sloveniya o'rtasidagi iqtisodiy, madaniy va siyosiy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniyaga tashriflari doirasida bir nechta muhim yutuqlarga erishildi. Vengriya bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha bir qator bitimlar imzolandi. Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat, qishloq xo'jaligi va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Shuningdek, Sloveniyaga bo'lgan tashrif doirasida ta'lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muhim kelishuvlar imzolandi.
Bu tashriflar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi va har ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Qorovulbozor tuman Kengashi deputati Munavvara Jumayeva Junaytovna