MUNOSABAT

MUNOSABAT

Qashqadaryo vilayat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Axborot xizmati
“Daryo.uz” va boshqa telegramm kanallarida e'lon qilingan Qashqadaryodagi bog‘chada bolalarga mog‘orlagan non berilgani xususida post yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 2 mart kunida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan “Nasafnews.uz” saytida e'lon qilingan maqola hamda Qamashi tumanidagi 15-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qonunbuzilishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida qator kamchiliklar bilan birgalikda xo‘jalik mudiri tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini nomaqbul sharoitda saqlanayotganligi holati ham aniqlangan.

Ammo postda keltirilganidek, bolalarga mog‘orlagan non berilmagan. Non mog‘orlaganligi holati oshpaz tomonidan aniqlangan va xo‘jalik mudiriga qaytarilgan.

Ishchi guruh ma'lumotnomasi Qamashi tuman prokuraturasiga 2022 yil 7 mart kunidagi 01-01/3-338 raqamli xat bilan huquqiy baho berish uchun yuborilgan. Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining 2022 yil 7 mart kunidagi 41-K-sonli buyrug‘iga asosan Qamashi tumanidagi 15-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktoriga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Report Page