MUNOSABAT

MUNOSABAT


    Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon shahridagi 4-umumta'lim maktabidagi holat bo’yicha tarqatilgan videorolik yuzasidan Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi:


        Andijon shahridagi 4-umumta'lim maktabi 2019 yilda “Obod mahalla” dasturi asosida qo’shimcha rejaga kiritilib, kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilganligi sababli, o’quv jarayonlari vaqtincha mazkur hududdagi 3, 21 umumta'lim maktablarida, 2 sonli maishiy xizmat ko’rsatish hamda bank kollejlarida olib borilgan.

        Ushbu maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari to’liq nihoyasiga yetkazilib, mavjud o’quv mebellari va jihozlar vaqtincha saqlangan joyidan olib kelinib, sinf xonalariga joylashtirilgan.

        2019 yil 30 dekabr kuni olib kelingan o’quv jihozlari maktabning asosiy darvozasi oldida tushirilayotgan payitda, shu hududdagi ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi maktab o'quvchilaridan 4 nafari o’z ixtiyorlari bilan o’quv jihozlarini avtotransportdan tushirishda yordam bergan. 

        O’quvchilar va ularning ota-onalari bilan o’tkazilgan suhbatda, maktab rahbariyati tomonidan bolalar hech qanday majburiy mehnatga jalb etilmaganligi, muassasada qurish-ta'mirlash ishlari yakunlanganligi va o’z sinf xonalarida o’qishlarini davom ettirishlaridan quvonib yordam berganligi ma'lum bo’ldi.



Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati


Report Page