MUHIM AHAMIYАT KASB ETDI

MUHIM AHAMIYАT KASB ETDI


IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda batalyon komandirlari bilan besh kunlik o'quv-uslubiy yig'in o'tkazildi.

Unda ishtirok etgan Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan 7536 va 7532-harbiy qismlarning osoyishtalik posbonlari jangovar va ma'naviy-ruhiy tayorgarlik, tarbiyaviy ishlar, qo'shin xo'jaligi va uni yuritish tartibi, shuningdek, harbiy texnika va qurol-aslahalar eksplutatsiyasi bo'yicha bilim va tajribalarini oshirishdi.

Shu bilan birga, bo'linmalarning jangovar xizmat faoliyatini tashkillashtirish, jamoadagi sog'lom axloqiy-ruhiy muhitni doimo bir maromda ta'minlash hamda shaxsiy tarkibni zamonaviy metodlar asosida o'qitish jarayonida javobgarlik hissini yanada kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Shunday qilib, yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur yig'in harbiy xizmatchilarning kasb malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Azamat XOLMATOV,

harbiy qism komandirining madaniyat va ma'rifat ishlari

boʻyicha maslahatchisi.

Report Page