“MSITF-2024” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali

“MSITF-2024” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali


🔰O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 2,3,4 may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘i hududida “MSITF-2024” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazilishi belgilangan.

✅Ushbu festivalga kombinatimizning bir qator faol yoshlari ishtirok etib, illiq taassurotlar bilan qaytdi.

E’tiborlisi festivalda turli ko‘rgazmalar tashkil etilib, bunda - texnika, aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv-texnik vositalari, dasturiy ta’minot, aviatsiya, uchuvchisiz uchish tizimlari, robototexnika qurilmalari, trenajyor komplekslar, himoya vositalari, kimyo texnologiyalari va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlanmalar joy oldi.

🏆Qolaversa festivalda sport musobaqalari ham tashkil etilib, OKMK Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi ushbu sport musobaqalarida munosib ishtirok etishdi. Jumladan sportning “Tosh koʻtarish” musobaqasida Rux zavodi yoshlar yetakchisi Abdurashidov Aznaur 🥉-oʻrin, sportning “Darts” turi boʻyicha musobaqada MTMZ yoshlar yetakchisi Atakulov Sunnatullo faxrli 🥉-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 🥇-oʻrinni MAL yoshlar yetakchisi Abdumalikova Feruza egallab musobaqa gʻolibasiga aylandi.

Report Page