MOTIVATSIYA

MOTIVATSIYA

Aziza

Motivatsiya nima?

Motivatsiya - maqsad yo'lida harakat qilish istagi. Bu maqsadlarni belgilab olish va unga erishishda hal qiluvchi element sanaladi. Izlanishlar shuni ko'rsatmoqdaki, insonlar o'zlarining motivatsiya va o'z-o'zini boshqarish darajasiga ta'sir ko'rsata oladilar.

Motivatsiyaning bir qancha manbalari mavjud bo'lishi mumkin va ko'pincha insonlar biron-bir xatti-harakatga kirishishida bir necha sabablar mavjud bo'ladi.

Motivatsiya tashqi-unda inson tashqi ta'sirlar-boshqa insonlar yoki vujudga kelgan vaziyatdan ruhlanishidir.
Motivatsiya ichki bo'lishi ham mumkin. Bundagi ilhomlanish insonning ichki dunyosida, biron-bir faoliyatda o'zini-o'zi yaxshilash istagi, uyg'onishi mumkin. Ichki motivatsiya insonni kattaroq kuch bilan harakat qilishga undaydi.

Motivatsiyani tushunib olishda foydalaniladigan qoliplardan biri Amerikalik psixolog tomonidan 1943-yilda taklif etilgan "Ehtiyojlar piramidasi" hisoblanadi. Maslow fikriga ko'ra, insonlar tabiatan o'zlarini takomillashtirishga va barcha imkoniyatlarini namoyon etishga-"o'z-o'zini aktuallashtirish" -sekin-astalik bilan fundamental muhim ehtiyojlardan, misol uchun oziq-ovqat, xavfsizlikdan yuqori tartibdagi ehtiyojlarga, misol uchun sevgi, tegishlilik, o'z-o'zini qadrlash kabi ehtiyojlarga intiladi.

Keyinchalik Maslow o'z nazariyasini kengaytirib, uning tarkibiga "o'zidan yuqoriga intilish" ehtiyojini qo'shdi - odamlar o'sish cho'qqisiga yetib borishadi va o'zlaridan tashqari narsalarga e'tibor berish orqali hayotning eng katta ma'nosini topishadi. Maslow nazariyasining barchaga birdek universalligi shubha ostiga olingan bo'lsa-da, ko'pchilikning fikricha, bu nazariya insonning motivatsiyasiga oid fundamental haqiqatlarni qamrab oladi.


Maqsadlar ustida ishlashni qanday boshlash mumkin?

Dastlabki qadamda, maxsus va erishsa bo'ladigan maqsad o'rnatish muhim.

Eng avvalo, nima uchun bu maqsadni belgilaganingiz va nimani o'zgartirmoqchi ekanligingiz haqida o'ylang. Siz erishmoqchi bo'lgan keyingi vazifa nima? Sizning munosabatingiz qay tariqa yaxshilanishiga umidvorsiz? Maqsadning muhimligini aniqlab olish diqqatni jamlashga va motivatsiyani mustahkamlashga yordamlashishi mumkin.

Umumiy maqsadni kichik, o'ziga xos, o'lchab bo'ladigan vazifalarga bo'ling. Kichik maqsadlarni amalga oshirish osonroq va ularning har birini ro'yxatdan o'chirib borish sizni davom etishga undaydi - vazifani bajarib bo'lgandan so'nggi dopamin natijasi! O'lchash mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish, ularning har biri nihoyasiga yetgandan so'ng, ularni tanib olish, nishonlash va keyingi bosqichga o'tishga imkon beradi.

Maqsadlar qiyinchilik darajasiga ko'ra, aniq o'lchanishi lozim. Agar biror maqsadni amalga oshirish og'ir jarayon bo'lsa, uni boshlab olishga cho'chishingiz mumkin. Agar belgilangan maqsad juda oson bo'lsa, uni tugallash juda zerikarli tuyulishi mumkin. Optimal(eng maqbul) maqsadga erishish biroz qiyin, ammo, u erishish imkoni mavjud bo'lgan qiyinchilikni taqdim etadi.

Bu tushuncha Goldilocks effekti deb nomlangan. Biron bir vazifaga, biz, qiyinchilikning murakkablik cho'qqisiga yetganimizda kirishib ketamiz.

(Goldilocks tamoyili- bolalarning "Uch ayiq" hikoyasiga qiyoslanib nomlangan. Goldilocks ismli qizaloq 3 xil sho'rvadan ta'tib ko'rib issiq sho'rva ham, sovuq sho'rva ham emas, ayni mos haroratdagi sho'rvani afzal ko'rishi. Bu tushuncha barcha sohalarda "ayni miqdor" tushunchasiga sinonim sifatida ishlatiladi.)

Har bir kichik maqsadni amalga oshirish uchun reja tuzing. Oldindan, qiyinchiliklar va uni yengga olishingiz to'g'risidagi real ishonchni muvozanatda saqlang.


Motivatsiya yetishmovchiligi sabablari..

Ba'zida, har kim ham o'zidagi ishtiyoq va iroda kuchini yo'qotgandek tuyuladi.

Agar siz doimiy ishtiyoq yetishmovchiligini his etsangiz yoki biror muhim ahamiyatli vazifani boshlay olmasangiz, bunga bir nechta ehtimolli sabablar mavjud bo'lishi mumkin. Bu vaziyatda, maqsad qaytadan o'lchanishi, chunki u judayam katta yoki umuman shakl-shamoyilsiz bo'lishi mumkin, yuqorida aytib o'tilganidek, maqsadlar kichik tarkibiy qismlarga bo'linishi kerak. Bu holatda charchoq va holsizlik his etayotgan bo'lishingiz mumkin.


Sizda motivatsiya emas, balki ishonch yetishmayotgan va shuning uchun davom etishdan qo'rqayotgan bo'lishingiz mumkin. O'z-o'ziga ishonchning sustligi, unga juda yaqin tushunchalar- "Perfektsionizm" (mukkamallikka intilish) va "Prokrastinatsiya" (ishning muhim va shoshilinchligini tushunib tursa-da, o'z-o'zidan baxona topib uni orqaga tashlash) bilan chambarchas bog'liq.


Va nihoyat, depressiya va dystimia loqaydlik hissiga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatda motivatsiya yetishmovchiligi tushkunlik alomati hisoblanadi. Depressiya bilan bog'liq anhedonia, ma'lum vaqt davomiyligida qiziqishning susayishi - miyaning prefrontal korteks va yadroviy akumbens oralig'idagi yo'lakda joylashgan mukofot va motivatsiyani boshqarishni nazorat qiluvchi neyrosirkulyatorlarning birgalikda ishlamasligi oqibatida yuzaga keladi. 


Ushbu maqola Psychologytoday psixologik maqolalar to'plamidan olindi

Report Page