MOSH

MOSH

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Mosh to‘yimli, juda lazzatli oziq - ovqat ekinidir. Uning urug‘i pishirib yeyiladi va konserva sanoatida ishlatiladi. Yurtimiz sharoitida doni ba-horda ekilgani 85-95, takroriy ekin sifatida yozda ekilgani­ 60-65 kun-da yetiladi. Doni tarkibida        24-28% oqsil, 46-50% kraxmal, 2-4% moy va vitaminlar bor. Mosh oziq-ovqatda qo‘llaniladi, oson hazm bo‘la-di, unidan makaron tayyorlashda foydalaniladi. Ko‘k massa uchun chorvachilikda to‘yimli ozuqa, poyasidan silos bostirish mumkin.

  O‘zbekistonda moshning yirik va mayda urug‘li turlari ekiladi, hosildorligi o‘rtacha 1,2-1,8 t/ga bo‘ladi.

  O‘tmishdosh. Mosh kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, sabza­ vot, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlardan  Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Marjon, Durdona, Zilola, Navro‘z va Radost.

  Urug‘ tanlash. Urug‘lik uchun yirik va to‘q urug‘lar tanlab olinadi.

  Yerni ekishga tayyorlash. yerni ekishga tayyorlash ishlari o‘tmishdosh o‘simliklarni qoldiqlarini tozalashdan boshlanadi. Yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi, tekislanadi va 70 sm kenglikda jo‘yaklar olinadi.

  Ekish muddati. Respublikamizda mosh asosan iyun oyining oxiri va iyulning boshlarida ekiladi.

  Ekish me’yori va sxemasi. Mosh qo‘sh qatorlab ekilganda (qator orasi 60 sm) urug‘ sarfi 10 sotixga 4–4,5 kg, qatorlab (qator orasi 60 sm) ekilganda esa 2,5–3 kilogrammni tashkil etadi.

  Parvarishlash. Moshning yaxshi o‘sib-rivojlanishi uchun ekin qator oralarini yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish zarur.

  Sug‘orish. Moshdan yuqori hosil yetishtirish uchun yer osti suvi chuqur joylashgan hududlarda urug‘ suvidan tashqari yana ikki marta sug‘orish tavsiya etiladi. yer osti suvi 1 metrgacha bo‘lgan yerlarda faqat urug‘ suvi beriladi. Aks holda o‘suv davri uzayib, hosil pishib yetilmaydi.

O‘g‘itlash. Mosh organik moddalarga boy tuproqlarda yaxshi o‘sib-rivojlanadi. Ekishdan oldin yerga ammofos berilishi o‘simliklarni baquvvat bo‘lib o‘sishini ta›minlaydi va hosildorlikni oshiradi.

  Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Yurtimiz sharoitida moshning kasalliklaridan antraknoz va askoxitoz (o‘simlikni barg, poya va dukkaklarini zararlaydi), zararkunan-dalardan bruxus qo‘ng‘izi ko‘p uchraydi. Antraknoz va askoxitoz kasalliklarini oldini olish uchun urug‘likni sog‘lom o‘simliklardan olish, urug‘larni yaxshilab tozalash tavsiya etiladi.

Bruxus qo‘ng‘iziga qarshi qo‘ng‘izining ommaviy urug‘ qo‘yish davri, ya’ni o‘simliklarning to‘la gullash davrida Atilla 5% em.k. (10 litr suvga - 20 ml) bilan kimyoviy ishlov beriladi. Ishlov berish jarayonini sifatli amalga oshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Mosh dukkaklarining 75 foizi yetilganda poyasi bilan yig‘ib olinadi va usti yopiq, shabadali ayvonlarda quritiladi. Quritilgan dukkaklar yanchib tozalanadi.

Mosh poyalari joyida maydalanadi, suvda ivitiladi va kepakka aralashtirilib mollarga beriladi. Poyalardan silos tayyorlash ham mumkin.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 2 kg mosh urug‘i uchun 15 ming so‘mdan 30 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 600 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 12 000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 200 kg hosil olinadi) 2 mln. 400 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan (poyasidan tashqa-ri) 1 mln. 800 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page