#MONSTER👹
🐳Sera_Cailin🐳
#Story // #for_me_baby
MONSTER👹
♟ 3/1♟
- Bu yerga kirish havfli emasmi? - qarshisidagi ulkan qasrga yigit qo'rqapisa qarab, yonidagi qasrga jiddiy qarab turgan qizga yuzlandi.
- Men garov o'ynaganman! Qo'rqar ekansan nega men bilan kelding? - qiz ham qasrdan nigohini uzmagancha, Taehyungga piching qildi.
- Seni niyatingdan qaytarmoqchi edim. Sendek itdek qaysarni afsus ko'ndirib bo'lmas ekan. Sevilya, katta xato qilyabsan? - Sevilya, jaxl bilan yigitga o'girilib, ko'ziga tik qaradi.
- Taehyung, sen meni xato qilyabmanmi yo'qmi bu bilan ishing bo'lmasin!
- Keyin afsuslanmaysanmi?
- Yo'q! - Sevilya Taehyungga ters gapirib, qasr ichiga kirib ketdi. Taehyung atrofga ola zarak qarab, boshini silkigancha qizning ortidan qasrga kirib ketdi.
- Ikkiga bo'linamiz!
- Ishonching komilmi? - atrofga olazarak qarab ketayotgan qizning gaplaridan hafsalasi por bo'lib, ikkilanib so'radi. Sevilya Taehyungga o'qrayib qarab, sochlarini ortga taradi.
- Ha! Men sehrli sharchani topishim kerak!
- Oddiygina sharcha uchun a? Sen aqldan ozibsan! Ertaklarga ishonasan deb o'ylamagandim!
- Taehyung, bas qilasanmi yo'qmi? Bo'ldida endi! Ha men ishonaman! Nima qilasan? Urasanmi, o'ldirasanmi? Menga o'sha sen aytayotgan yo'q, o'ylayotgan oddiy sharcha kerak! U sen uchun oddiy shardir ammo men uchunmas! Boshimni og'ritmasdan, jo'na. Ikkiga bo'linamiz dedim.
- Yigit qizning gaplaridan jaxli chiqib, ters o'girilgancha boshqa yo'lak bo'ylab ketib qoldi. Sevilya uni ortidan tishini qayrab, yuzlarini burgancha, atrofga sinchkovlik bilan qarab o'ziga kerakli narsani qidirdi.
Taehyung qasrda huddi o'zini uyidek yurgandek, har bir xonaga qaramay, tik bo'lib yo'laklardan yurib borardi. Shaxdam qadamlar bilan tez-tez yurib, boshqa yo'lakka burildi. Bu yo'lakda huddi qirollarni kutib oladigandek qizil gilam to'shalgan, devorlarda yo'lakka yarashgan partretlar va chiroyli qizil pardalar joylashgan edi. Taehyung ulkan qizil eshikda to'xtab, ichkariga kirdi. Atrofni sinchkovlik bilan tekshirib, katta partret turgan devorga yaqinlashib, devorni uch marotaba taqillatib, ichkariga kirdi. Yashirin xona ichidan qon hidi anqib ketgan, ba'zi bir joylarda suyaklar yotardi. Taehyung bularga pinagini ham buzmay, to'g'ridagi stoldagi shishada yarqirab turgan narsaga nigohlarini qadadi.
- Mening sevimli la'natlangan sehrli sharim... Kimdir seni ko'rish uchun kelibdimi? Yoki olish uchun... Ho'sh unga bir ko'rsatmaymizmi, biz kim ekanligimizni? Negadir qon ichgim kelyabdi...

***
- Har bir xonaga kirib, har yoqni ko'zdan kechirayotgan qiz, navbatdagi xonaga kirdi. Bu yerda qandaydir g'alati asbob-uskunalar va g'ayri oddiy narsalar bor edi. Bu yerda g'alati narsalarni ko'rgan Sevilya, sehrli shar shu atrofda bo'lsa kerak degan o'y keldi. Har bitta tokchayu, javonlarni, stol ustilarini qarab chiqdi. Katta javon oldiga kelib, o'zining bo'yi tengi tokchalarni tekshirib, yoniga qaraganida cho'chib tushdi.
- Yo hudoyim. Taehyung, meni cho'chitib yubording!!! Bu yerda nima qilyabsan?
- Seni oldingga keldim! - yigit qizga hissiz qarab javob berdi. Sevilya havotir bilan atrofga qarab, yigitni turtdi.
- Sen esingni yedingmi? Senga sehrli sharni qidiramiz dedim!
- Sehrli shar... - Taehyung qizning gapini qaytarib, bir sukut saqlanadi. So'ngra qizning yuziga qarab, qah-qah otgancha kulib yubordi.
- S..s.sen... n.n..nega kulyabsan?
- Esini yegan qizaloq ! Nima o'sha "Sehrli shar''ni monster qo'rqlashini bilmasmiding? Uni qo'rqlayotgan monster men ekanligimnichi?
Sevilya Taehyungning gaplaridan hayratlanib, ko'zlarini katta-katta ochgancha, kipriklarini pirpiratib yigitga qaradi.
- Se...sen nimalar deyabsan? Q.q.qanaqa monster? Taehyung hazil qilmasangchi!
- Hazil?! Demak, men senga hazil qilyabman?! Doim senga hazil qilib kelganmana? - Taehyung qizning gaplaridan jig'ibiyron bo'lib, qizaloqqa o'shqirib tashladi. Sevilya, Taehyungning baqiriqlariga chiday olmay, ko'zlariga yosh to'lgancha ortga tisarila boshladi. Nega hafa bo'lib qo'rqmasin? Chunki yigitni bu ahvolda birinchi ko'rishi edi.

- S..s.sen a.aldayabsan! Bunday bo'lishi mumkinmas! - Sevilya ko'p ortga tisarilganidan, Taehyung ham o'zini o'zgartirib, qizga vaxshiyona jilmaygancha, sekin yaqinlasha boshladi.
- Yo'q, azizam... men aldamayabman! Men rost gapiryabman. Men ko'rin turganingdek...
- Maxluq! - yigit bora bora o'zgarib, mushaklari, gavdasi kattalashib, qo'llaridan tomirlari ko'rinib turgandek bo'ldi. Qizga yaqinlashgancha o'z holini ko'rsatib, gapirar ekan oxirgi so'zlarini Sevilya pichirlagancha tugatib qo'ydi. Taehyung qizga jilmayarkan, Sevilya yigitga jaxl aralash qo'rquv bilan qarab, xonadan yugurib chiqib ketdi. Taehyung qizning ortidan kulib qarab, qizni orqasidan qattiq baqirdi.
- Baribir bu yerdan chiqa olmaysan! Qasrni mendan boshqa hech kim yaxshi bilmaydi!
- Sevilya orqasiga olazarak qaragancha tinmay yugura boshladi. Yugurayotganidan, kalta sochlari havoda silkinib, yuzlarini ba'zan to'sib qo'yardi. Qiz hansirab, ortiga qaraganida hech kim kelmayotganini payqagach, yo'lakdan burilganida ulkan narsaga urilib, yerga yiqildi. Ko'zlari qizargan holda, urilgan narsasiga qarab, qo'rquvdan zir titradi. Qarshisida Taehyung mutloq boshqacha ko'rinishda, qizga jilmaygancha turardi.
- Qayerga qochyabsan, Sevilyaginam! Mendan qochyabsanmi? Mendan qachon qocha olasan? - yigit qizaloqqa yaqin kelib, quloqlari ostiga pichiladi - Hech qachon! - Sevilya quloqlari tagida qaynoq nafasni his etib, ustidan chumoli yugurgandek bo'ldi. Taehyung mayin jilmayib, qizning bo'yniga lablarini sekin bosib, uni tishladi. Qizaloq na og'riqni sezdi na rohatni. Ko'zlari suzulib, hushidan ketdi. Yigit qizchaga qarab, uni qo'lida ko'targancha yo'lakdan g'oyib bo'ldi...
#1_part_end. // #Sera_Cailin