“MONITORINGDA ANIQLANGAN NOQONUNIY QARORLAR BEKOR QILINDI”
Xorazm viloyat adliya boshqarmasiUrganch shahar adliya bo‘limi tomonidan Urganch shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni talablariga rioya qilinishi ahvoli “E-qaror” elektron tizimi orqali monitoring qilindi.
O‘tkazilgan monitoringda hokimlik tomonidan ushbu Farmon talablariga rioya qilinmagan holda 35 ta fuqarolarga yer uchastkalari ajratib berish to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilinib davlat yer zahirasiga qaytarilganlik holatlari aniqlandi.
Monitoring natijasiga ko‘ra Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga hokim qarorini haqiqiy emas deb topish haqida da’vo arizalari kiritilib, shahar hokimining yer uchastkalarini davlat zahirasiga qaytarish to‘g‘risidagi 35 ta qarorlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarildi va qonunga zid bo’lgan qarorlarni bekor qilinishi ta’minlandi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya