MOF-3 ob'yektidagi holat bo‘yicha Enter Engineering bayonoti

MOF-3 ob'yektidagi holat bo‘yicha Enter Engineering bayonoti

Enter Engineering Pte. Ltd.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlar munosabati bilan kompaniya quyidagilarni maʼlum qiladi. Xodimlarning ish haqi bevosita buyurtmachi oldida bajarilgan ish hajmini muvaffaqiyatli asoslab berilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda xodimlarning fevral oyi uchun maoshlari to‘liq to‘lab berilgan.

Ayni vaqtda mart oyi uchun hajmlarni asoslash jarayoni ketmoqda, ularning yakuniga ko‘ra, butun ish haqi to‘lab beriladi. Yaʼni shunday tartib borki, unga ko‘ra, avvaliga qurilish ob'yektlarida oldingi oyda bajarilgan ishlar hajmi buyurtmachi oldida himoyalanishi kerak. Aynan himoya qilingan hajmlar ish haqini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. So‘ngra soliqlarni hisoblash va hisobotlarni topshirish, shuningdek, xodimlarga to‘liq maosh berish jarayonlari sodir bo‘ladi. Bularning hammasi vaqtni talab qiladi.

Ushbu mexanizmga ko‘ra, ayni vaqtda Enter Engineering kompaniyasida xodimlarga mart oyi uchun ish haqini to‘lash jarayoni ketmoqda. Bu, birinchi navbatda, qurilish kompaniyasining o‘zi, qolaversa, sifat nazorati xizmatlari va buyurtmachining mustaqil texnik nazorati xizmatlari tomonidan tekshirilishi kerak bo‘lgan qurilish ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.  

Shuningdek, taʼkidlash kerak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar uch yil oldingi feyk video hisoblanadi. Real faktlarga asoslanmagan ushbu lavhalarni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz.

Shuningdek, kompaniya ham buyurtmachilar, ham xodimlari oldidagi barcha majburiyatlarini bajarib kelishini alohida aytib o‘tmoqchimiz.




Report Page