🎓MLC Talabalarining Muvaffaqiyat Yo‘llari

🎓MLC Talabalarining Muvaffaqiyat Yo‘llari

Machine Learning Community Uzbekistan

Har bir talabaning yo‘li turlicha bo‘lsa-da, ularni birlashtiradigan yagona kuch bor - o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq, rivojlanishga intilish va jamiyatga foyda keltirish istagi. Bu yerda siz o‘z orzularini aniq maqsadga aylantirgan, bilimlarini esa real natijalarga yo‘naltirgan talabalar hikoyalari bilan tanishasiz.


Nurullayev Samandar - Data Analyst, Iman Invest

Nurullayev Samandar - “Ta’limdan real ishgacha bo‘lgan yo‘l”

“MLC jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildiraman - bu yerda nafaqat sifatli bilim, balki haqiqiy qo‘llab-quvvatlashni ham his qildim,” - deydi Samandar.

O'qishni tamomlaganimdan so‘ng, menga qiziqarli amaliyot taklif qilindi va shu orqali o‘rgangan bilimlarimni real ish jarayonida qo‘llash imkoniga ega bo‘ldim. Mentorlarning doimiy yordami va to‘g‘ri yo‘naltirishi sababli, keyinchalik kompaniyada tahlilchi sifatida faoliyatimni davom ettirdim.

Bugungi kunda men sun’iy intellekt sohasida bir nechta loyihalar ustida ishlayapman va MLC’da olgan bilimlarim bu yo‘lda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangi talabalar uchun maslahat:

“Faol bo‘ling, savol berishdan tortinmang va o‘rganish jarayonidan maksimal foyda oling. MLC sizga faqat bilim emas, balki kelajak uchun yo‘l ham beradi.”


Qobiljon Qosimov - ML Engineer, Global Move

Qobiljon Qosimov - “Bir qaror butun yo‘limni o‘zgartirdi”

“2022-yilda Machine Learning Communityga qo‘shilganim hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘ldi. Har bir tadbir yangi bilim, yangi tanishuv va o‘sish uchun katta imkoniyat edi,” - deydi u.

MLC’dagi faoliyati davomida u nafaqat nazariy bilimlarni, balki real loyihalar ustida ishlash orqali amaliy tajribani ham qo‘lga kiritdi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagach, u Global Move kompaniyasida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu bosqich uning professional yo‘lidagi muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.

“Amaliyot davomida olgan bilimlarim va mentorlar bergan yo‘nalishlar menga katta ishonch bag‘ishladi. Natijada, men San-Fransiskoda joylashgan kompaniyadan masofaviy AI Developer lavozimi bo‘yicha ish taklifini oldim,” - deydi u.

Bugun u xalqaro jamoada faoliyat olib borar ekan, MLC da shakllangan o‘rganishga chanqoqlik, intizom va o‘z ustida ishlash odatlari uning kundalik ishining ajralmas qismiga aylangan.

Yangi talabalar uchun uning maslahati:

“Imkoniyatlardan qo‘rqmang. Faol bo‘ling, savol bering, o‘rganing va amaliyotdan qo‘rqmang. MLC sizga yo‘lni ko‘rsatadi - qolganini esa o‘zingiz qurishingiz kerak.”


Aziza Shokambarova - Product manager, BRB-Tech

Aziza Shokambarova - “Bilimni chuqurlashtirish meni yangi bosqichga olib chiqdi”

“Men MLC ga qo‘shilganimda AI asosidagi ovozli texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi AIsha AI startapida loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritar edim. Maqsadim - sun’iy intellekt sohasidagi bilimlarimni yanada chuqurlashtirish va professional faoliyatimda yanada yuqori natijalarga erishish edi,” - deydi u.

MLC’dagi ta’lim jarayoni unga nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish bilan birga, ularni amaliyotda qo‘llash imkonini ham berdi. Kurs mazmuni har tomonlama puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarni real loyihalar orqali rivojlanishga undadi.

Bugungi kunda u BRB-Tech fintech kompaniyasida Product Manager sifatida faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, o‘zining sun’iy intellektga asoslangan startapini ham jamoasi bilan birgalikda rivojlantirmoqda.

Uning fikricha, MLC’da olingan bilim va yondashuvlar professional o‘sishda muhim rol o‘ynagan.

“IT sohasidagi har bir mutaxassis AI va Machine Learning yo‘nalishlarini chuqur o‘rganishi kerak. Bu bilimlar kelajakda katta imkoniyatlar eshigini ochadi - hatto o‘z startapingizni yo‘lga qo‘yish imkonini ham,” - deya ta’kidlaydi u.


A’zamjon Boydedayev - Data Analyst, TBC Uzbekistan

A'zamjon Boydedayev - “Nazariyadan real ML yechimlargacha bo‘lgan yo‘l”

“ML Community tomonidan tashkil etilgan Machine Learning kursi menga nafaqat nazariy bilim, balki real muammolar ustida ishlash tajribasini ham berdi,” - deydi A'zamjon.

Kurs davomida u mashinaviy o‘rganish modellari qanday yaratilishi, ularning ichki ishlash mexanizmlari va sifatini oshirish usullarini chuqur o‘rgandi. Ayniqsa, modellarni “qora quti” sifatida emas, balki boshqariladigan va tahlil qilinadigan tizim sifatida tushunish unga katta foyda berdi.

Amaliy mashg‘ulotlarda u text classification yo‘nalishida ishladi - matnlarni tozalash, feature extraction, model tanlash va baholash bosqichlarini real ma’lumotlar asosida bajardi. Shuningdek, credit scoring loyihalari orqali mijozlar ma’lumotlari bilan ishlash, risklarni baholash va model barqarorligini tekshirish bo‘yicha chuqur tajriba orttirdi.

Kursning eng muhim qismi esa end-to-end credit scoring ML tizimini yaratish bo‘ldi. Unda xom ma’lumotlardan boshlab, ularni tayyorlash, model qurish va yakuniy scoring tizimini ishlab chiqishgacha bo‘lgan barcha bosqichlar mustaqil bajarildi.

Bugungi kunda u o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llab, real biznes masalalarini hal etishda foydalanmoqda.

Yangi talabalar uchun uning maslahati:

“ML — bu faqat kod yozish emas, balki muammoni to‘g‘ri tushunishdir. Qanchalik ko‘p amaliyot qilsangiz, shunchalik tez o‘sasiz.”


Birgalikda O‘samiz

Har bir yo‘l oddiy qiziqish bilan boshlangan - va nihoyatda katta natijalarga aylangan. Birinchi darslardan real loyihalargacha, amaliyotlardan to‘liq ishga o‘tishgacha - talabalarimiz shuni isbotladiki, samarali va ishtiyoq bilan o‘rganilganda natija doimo keladi.

Bu faqat bir necha hikoyalardir; orqasida esa yuzlab bitiruvchilar bor - har biri o‘z yo‘li, hikoyasi va muvaffaqiyati bilan. Ular birgalikda ko‘rsatadiki, odamlar birga o‘rganib, fikr almashib va rivojlanib har qanday imkoniyatni yaratishi mumkin.

MLCda ta’lim shunchaki dars emas - bu aloqa, qiziqish va uzluksiz o‘sishdir.

O‘rganishni, yaratishni va ilhom berishni davom ettirayotgan barcha bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz. Va ushbu yo‘lni endi boshlayotganlar uchun esa - sizning hikoyangiz endi boshlanmoqda.


ML Community

Telegram | Instagram | LinkedIn















Report Page