MIRSAID BAXROM MAJMUASI

MIRSAID BAXROM MAJMUASI

Turizmni rivojlantirish instituti

Mirsaid Bahrom maqbarasi Samarqand va Buxoro o’rtasidagi qadimiy Karmana shahrida joylashgan. Ushbu majmua yaqinida Qosim Shayx maqbarasi joylashgan.

https://www.uzbekistanpass.com/uploads

Bu majmau viloyatning noyob va qadimiy yodgorliklaridan biri bo’lib, u maqbara va kichik masjidni o’z ichiga oladi. Ushbu bino O’zbekiston hududidagi eng kichik maqbara hisoblanadi. Maqbaraning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu uning jabhasidir. Mirsaid  Bahrom maqbarasi janubiy kirish qismi devori boshqa tomonlar devorlariga qaraganda qalinroq va uzunroq, bunga sabab kirish peshtoqining sayozligidir: u ikkala tomondan binoning umumiy hajmidan 40 santimetr balandroq holatda, bu tomondan u o’zining haqiqiy o’lchamlaridan ko’ra kengroq degan aldamchi taassurot hosil qiladi.

http://www.esosedi.ru

Qurilishning aniq sanasi ma’lum emas. Ko’pchilik tadqiqotchilar maqbarani 1200-yilda qurilgan deb taxmin qiladilar. Biroq, V.S.Nielsen va undan keyin va boshqa bir qator mualliflar maqbarani X asr oxiri - XI asrning boshlariga qadar qurilgan deb hisoblashadi. Bu borada G.A Pugachenkova, X asrning o’rtalarini uning qurilishi davri deb hisoblagan. Maqbara birinchi bor e’tiborni 1942-yilda tortgan. Keyin etnograf A. K. Pisarchik maqbaraga oid o’zining rejalari va fotosuratlarini nashr etgan.

https://pastvu.com

Maqbara 1947-yilda me’mor V.S.Nielsen tomonidan o’rganilgan, u o’zining eng to’liq tavsifi va rekonstruktsiyasini nashr etgan.

Maqbaraning eng hayratlanarli va g’ayrioddiy tomoni bu undagi, terakota naqshlari, o’yilgan g’ishtlardan yasalgan naqshlar, «girix» uslubidagi geometrik bezaklardir. Maqbara bilan Buxoro shahrida joylashgan mashhur Somoniylar maqbarasi va Arab-ota maqbarasi o’rtasida katta o’xshashlik mavjud.

Maqbara X-XI asrlarga xos bo’lib mamlakat hisobidagi yodgorliklar qatoriga kiradi. Maqbara o’rtasida Mirsaid  Bahromning qabri bor. Qabr yonida arabcha so’zlar yozilgan ikkita qabr toshi ham saqlanib qolgan. Aslida Mirsaid Bahrom to’g’risida aniq ma’lumotlar yo’q. Ehtimol u kishi musulmon dinining yirik nomoyondalaridan biri bo’lgandir. Ehtimol Samoniylar sulolasi vakillaridan biridir. Chunki maqbara qurilish jihatidan, Buxorodagi Ismoil Samoniy maqbarasiga o’xshab ketadi. Maqbaraning birinchi tadqiqotchisi A.K.Pisarchik hisoblanadi. XX asrning 60-yillarigacha bu yodgorlik ko’pchilik e’tiborini tortib kelgan. 1969-yilning qattiq qishida ko’p qor-yomg’ir yog’ishi natijasida maqbara binosi qisman cho’kib devorlari va gumbazlarida yoriqlar paydo bo’lgan. Hozir Mirsaid Bahrom maqbarasi atrofi obodonlashtirilib, uning yonida «Yoshlik» bolalar istirohat bog’i tashkil etilgan.

Bugungi kunga qadar Mirsaid Bahrom to’g’risida juda kam ma’lumot yetib kelgan. Uning Somoniylar sulolasi vakili bo’lganligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 874-yilda Buxoroda qo’zg’olon boshlanib, butun Movarounnahrga tarqaldi va albatta Karmanaga ham yetib boradi. Abu Toxirxo’ja Samarqandiy o’zining mashxur «Samariya» asarida Mirsaid Bahrom haqida ba’zi ma’lumotlarni berib o’tgan. U o’zining bilimi, aql-zakovati va mo’jizalar yaratish qobiliyati tufayli odamlar orasida munosib hurmat va ta’sirga ega bo’lgan.

Maqbara bir gumbazli, to’rtburchak shaklda, hamma tomoni bir xil o’lchovdagi pishiq g’ishtdan qurilgan. Uning old qismi juda ustalik bilan bezatilgan, g‘isht turli usulda terilib, unga har xil shaklda bezak berilgan. Maqbaraning janubiy tomonida bitta eshik bor, uning tepa qismida kungurador panjarali tuynuk ochilgan. Bosh fasad pishiq g‘ishtdan qayta terilgan, unda geometrik naqshlar, ko’fiy usulda bitik yozilgan. Bino bir necha bor ta’mir qilinib, dastlabki ko’rinishini tiklangan bo’lib, peshtoqning ushbu qismi o’ziga xos kichik g’ishtlar yordamida arab yozuvining “kufiy” xatiga yozilgan maxsus qo’lyozma tushurilgan.

https://www.uzbekistanpass.com/uploads

Ko’pchilik bu maqbaraning ayrim qismlarini Buxoro shahrida joylashgan Somoniylar maqbarasiga o’xshatishadi. Maqbara binosi kvadrat shaklidadir va u uncha katta bo’lmagan gumbazdan tashkil topgan. Kirish qismida juda chiroyli arka mavjud bo’lib unda ko’fiy xat turidagi yozuv yozilgan. Butun devor geometrik qoplamadan iborat. Binoning ichki qismida marmar toshli qabr mavjud. Qabr ustiga esa qimmatbaho gazlama to’shalgan. Binoning ichki devorlari gumbazni ko’tarib turuvchi sakkiz qirrali arkalardan iborat. Arkalarda yog’ochdan o’yib ishlangan naqshlar saqlanib qolgan. Maqbara masjid bilan o’zaro tutashgan.

Masjid atrofida uzun ayvon bor. Ayvonda o’yma naqshlar bilan bezatilgan yog’och ustunlar o’rnatilgan. Imoratning ushbu qismi zamonaviy qurilish asosida ta’mirlangan. Ayvon va hovli pishgan g’ishtlar bilan terilgan. Ayvon ortida ziyoratxona qurilgan.

Mirsaid Bahrom maqbarasi noyob qurilmadir. Ushbu maqbara O’zbekiston hududidagi eng kichik va diqqatga sazovor maqbara hisoblanadi. Maqbaraning o’zi masjidga tutashadi.

Mirsaid Bahrom maqbarasi respublika ahamiyatiga ega yodgorlikdir. Hozirda Mirsaid Bahrom maqbarasi oldida bog’ barpo qilingan. Karmana aholisi bu yerda Navro’z, Mustaqillik va hosil bayramlarini nishonlashadi.

Ushbu me’moriy majmua o’sha davrning mohir ustalari tomonidan qurilgan bo’lib, hozirgi kunda tarixiy va ma’naviy yodgorlik sifatida muhim ahamiyatga ega.

Mirsaid Bahrom maqbarasi kirish arkida bezakning poydevori o’rtada to’rtburchagi bo’lgan g’ayrioddiy yuruvchi svastikalardan iborat.             

Svastikadagi belgilar juda ko’p ma’noga ega - qadimgi xalqlar orasida harakat, hayot, quyosh, yorug’lik, farovonlik ramzi. Svastika boshqa xalqlar orasida falsafiy toifalarni ifodalaydi va to'rt asosiy unsurning ramzi sifatida tushunilgan elementlar va eksa atrofida joylashgan to’rtta asosiy nuqta ramzi sifatida tushunildi (bu O’rta asrlar musulmon qo’lyozmalarida ham qayd etilgan. Muhim ikkita masala va quyoshning yillik harakati. Islomda ushbu ramzning g’oyalari - dunyoni bir nuqtadan yaratish. Svastika ham aylanada harakatlanish xususiyatiga ega bo’lgan yaratilish jarayonini ifodalaydi.

USLUBIY TAVSIYALAR:

1. Guruhni markaziy kirish joyiga olib boring, u yerda butun majmua ko'rinishi panoramik nuqtai nazardan namoyon bo’ladi.

2. Guruhni masjid va mozorga tashrif buyurish qoidalari haqida ogohlantiring.

3. Majmuaning barcha binolarini va hovlilarini namoyish qiling.

4. «Girih» bezak uslubini tushuntiring.

5. Qabrni ko’zdan kechirgandan so’ng, ayvon va yog’och o’ymakorligi texnikasini, tashqi tomondan ustunlarni ko’rsating.

6. Yo'lboshchi gidning ekskursiya ishining vaqti 15-20 daqiqani tashkil qiladi

7. Erkin aylanish va tasvirga olish uchun15 daqiqa ajratish lozim.

Tuzuvchi: Azarenko Y., - birinchi darajali gid.

Tarjimon: To’rayev S., - ikkinchi darajali gid.

Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti

👉 Join it: https://t.me/guide_portfolio

Report Page