MIROBOD TUMANIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

MIROBOD TUMANIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

@poytaxt_yoshlari

Yoshlar bilan uchrashuvlar grafigiga asosan joriy yilning 19-fevral kuni Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosari Elbek Inamdjanov va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari Asqar Xasanov Mirobod tumani yoshlari bilan uchrashdi.


Uchrashuv Farmatsevtika instituti oldidagi maydonda boshlanib, Toshkent shahrida eʼlon qilingan “Oʻn bir million daraxt” aksiyasi doirasida 50 nafar koʻngilli yoshlar bilan birgalikda Mirobod tumani, Oybek koʻchasidagi boʻsh yer maydoniga 100 tup kashtan va dub koʻchatlari ekildi. Bahor faslida birgina Mirobod tumanidagi bir million daraxt ekilishi rejalashtirilgan.

Daraxt ekish jarayoni bayramona kayfiyatga ulanib, yoshlarning oʻyin kelgusi, raqslariga ulanib ketdi. Koʻngilli yoshlarga tashkil qilingan kofe breyk ularga manzur keldi.

Daraxtlar ekib boʻlinganidan soʻng shahar prokurori oʻrinbosari E.Inamdjanov Toshkent Farmatsevtika instituti yotoqxonasida talaba yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.


Institut talaba yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida institut binosida Qorovul qoʻshinlarining Harbiy orkestr jamoasi orkestri ijrosi ostida Temurbeklar maktabining oʻquvchilari tantanali saflanib, Oʻzbekiston Respublikasi bayroqlarini koʻtargan holda harbiy chiqishlari namoyish etildi.


Shuningdek, talabalar yotoqxonasida yaratilgan shart-sharoitlar va 5 ta muhim tashabbusning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.


Talabalar yotoqxonasining kutubxonasida, Mirobod tumani prokurori A.Axunovning homiyligida chop etilgan, Vestminster universiteti talabasi Ochilboyev Azizbek Baxodirjon oʻgʻlining “Orzular qanoati” nomli kitobining taqdimoti oʻtkazildi.

Voleybol boʻyicha Mirobod tumanidagi maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Prokuror kubogi” musobaqasining yarim final va final bosqichlari 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga oʻtkazildi.

Musobaqada tumandagi 294-maktab oʻquvchilari birinchi, 94-maktab oʻquvchilari ikkinchi va 125-maktab oʻquvchilari uchinchi oʻrinlarni egallashdi

Shundan soʻng, 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan jamoalarga hamda turnirning eng yaxshi oʻyinchilariga esdalik va qimmatbaho sovgʻalar berildi.

Sportchilar bilan esdalik fotosessiya amalga oshirildi




Report Page