MIRISHKORDA “ADLIYA KUNI” 

MIRISHKORDA “ADLIYA KUNI” 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan Mirishkor tumanida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

“Mirishkor” tumani "Oqmachit mahallasida tashkil qilingan “Adliya kuni” tadbiri aholining huquqiy va davlat xizmatlaridan keng foydalanishi uchun zamin yaratdi.

Fuqarolar hayotiy zarur masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adliya, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY, bandlik, bank muassasalari xodimlaridan javob oldilar.

Sayyor qabul shaklidagi muloqot esa aholini anchadan buyon o‘ylantirib kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish imkonini berdi.

Jumladan, subsidiya, meros, uy-joyga egalik huquqi, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi va boshqa masalalarda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan 2 tasi joyida o‘z yechimini topdi, o‘rganish muddat talab qiladigan 14 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi, qolgan murojaatlar bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu mahallada yashovchi Namozov Alisher fermer xo'jaligi raisini almashtirishda huquqiy yordam so'rab mas'ullarga murojaat qildi:
Ma'lum bo'lishicha Namozov Alisher "Nomozov G'anisher" fermer xo'jaligida ish yurituvchi bo'lib ishlaydi. U faoliyat olib borayotgan fermer xo'jaligi raisi uning otasi bo'lib, otasining sog'lig'i yomonlashganligi sababli fermer xo'jaligini o'z nomiga o'tkazishda huquqiy yordam so'rab murojaat qildi. Mas'ullar tomonidan murojaati ko'rib chiqilib, Davlat xizmatlari markazi orqali hal bo'ishini aytishdi.

IShuningdek, tumandagi 28 sonli MTTDA ishlovchi Roxila Abbosova mehnat ta'tiliga chiqolmaganligi sabab mas'ullarga murojaat qildi.Murojaati adliya tomonidan ijobiy hal etilib, fuqaroning ta'tilga chiqishi ta'minlandi

Tadbir doirasida 12 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 7 nafar fuqaro Mobil ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shu kuni adliya vazirligi mas'ullari mahalla yettiligi bilan ham uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tavsiyalar berilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi. "Oqmachit" mahhallasidagi fuqarolarni xonadonlariga tashrif buyurib, ularni qiynab kelayotgan muammolar joyida uyma-uy o'rganildi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati



Report Page