MINOR - Tematika (pilot - fest3) text

MINOR - Tematika (pilot - fest3) text

mehr bilan tayyorlandi
Visual: RVE

info:

minus: d-moll (re minor (garmonik (always c# (do diez))) | bpm (temp) - 68
text : MINOR
pilot : fest3
Visual - http://youtube.com/@RVE_PRODUCTION
Studio - https://www.instagram.com/farhod_records


✅ Bizning rasmiy manbaalarimiz:

✔️ Telegram - https://t.me/l1ghtdream

✔️ instagram - https://instagram.com/m1nor_official

✔️ YouTube - MINOR


⚠️ Bundanda ko'pro ko'proq kontentlar uchun inside kanalimizga obuna bo'ling.

✅ insider bo'lish uchun: https://t.me/Insider_Adminka


☝️ Diqqat:

Trekda yangragan va ko'cha tilida talaffuz qilingan so'zlar ushbu matn formatida grammatik xatolarsiz yozilgan (ya'ni matnni o'zini o'qisangiz ba'zi bir joylarida qofiya to'g'ri kelmagandek tuyulishi mumkin). Qo'shiq formati bilan birga o'qish tavsiya etiladi...




Stop stop, kimda bor haligacha ishlatilmagan diplom? Yoki

Kimnidir byudjetiga bergandekmi тепло? Toki

Hayot senga atagan lavozimi bor yo'g'i kuryer bo'lsachi?

Hech qachon ushalmaydigan orzuying hayolingda rejadek qolsachi?


Bu paradoxni yengaman deb hayoting bilan kurashganing kurashgan, lekin

Shaxsiy hayot, shaxsiy principlar seni atrofingni muammolar bilan o'rashgan.

Kurashgan erishadi deyishadi, lekin yutqizganlar ham to'ymas kurashga

Bosh olib ketgin kelsada, lekin nima qilasan sabring yetmasa hatto qor kurashga


Bu fakt!


Fakt psixolog emasman но, to'g'ri yasha demasman но,

Men ham senga o'xshab xarom yemasman но, goh hayotga bas kelmasman qara.

Mesopotamiya haqida nimaniyam eslab qolaridim? Лучше bu tik tok.

Kimdir kimgadir aytgan ekan: Hayotni bilmaganlar - hayotiy никто


O'ylashing mumkin, kim bu alamzada, notanish so'zlaru notanish tarzida,

Ehtiyot bo'ladimi har bir frazada, yurdimi azada "Сектор газа" da?

"ya'ni Palastin voqealari sodir bo'lgan paytda bu ham achindimi yo'qmi?" degan ma'nodagi savol bu...

Eski fantaziya Terminator - balki konspirologiyada "illuminat" dir

Lekin bugungi sun'iy intellektlar, tabiiy intelektdan ancha murakkabdir

Anu bolaga adovatimiz yo lekin 😂


Ey, bu antiutopia, yoqmidi hich qachon oziyam ko'piyam

Антиутопия – это особый жанр литературы, в котором описывается безрадостное будущее человечества. by Wikipedia (gap bomi?)

Musiqa bu - ko'ngil uchun bo'lsa, she'riyat - baxt topish uchun bir teoriyami?

Ey! nima seni qutqarardi qurilishdagi ishdanu - tugamas qishdan?

Yomg'irda kech qolganingda avtobusga, tushunasan abadiy charchading ishdan


Bolalikdagi ozrularing seni Santa Klaus kabi sani tark etgan tushun.

Men faqat bitta rasmda ko'rganman hech qachon paydo bo'lmaydigan baxt qushin.

bolalik paytidagi bir voqea nazarda tutib gapirilgan (chizilgan qush) (G'amginroq voqea)

Nega bunaqa isterika - kuplet? Voy biorobotmas, jonliman,

Yangi yilni Rojdestvo uchunmas, yil yangilanganligi uchun nishonliman

ya'ni, "yangi yil - boshqa dinni bayrami" degan yanglish fikrdagilar uchun. Sizlar aytayotgan Xristianlar bayrami (ya'ni Рождество Христово nomi ostida) 25 - dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ushbu sana yangi yil sanasiga yaqin bo'lib, filmlarda yangi yil arafasida nishonlangani uchun ko'pchilikda "Haaa bu yangi yil demak boshqa dinni bayrami ekanda" degan xulosa paydo bo'lgan. Lekin 1 - yanvar hech qaysi dinni diniy bayram emas, shunchaki jahon bo'yicha kalendar yangilanadi. 25-dekabr va 1-yanvar o'rtasida naqd 6 kun bor.

Bundanam tashqari:

1 января — Википедия

1 января — 1-й день года по григорианскому календарю. До конца года остаётся 364 дня (365 дней в високосные годы).

Sal cho'zilib ketdi, lekin tushuntirib ketganim ham yaxshi bo'ldi deb o'yliman

Men oydagi kratormasman, Menga quloq solma motivator emasman,

Hattoki shunchaki murojaat qilsa ham nimagadir doim javob beraman rasman.

Balkida shuning uchun ham do'stlarim - ularni ismini bilasan do, re, mi, fa...

Veni Vidi Vici - Просто kelding, ko'rding, yutding, qolganiga ciao.

Veni, vidi, vici (Lotincha ibora — «Пришёл, увидел, победил»)


Ey, ertalab uyg'onganda nega eslay olmadim tushim davomini?

Ey, Nega bu olis xotiralar egallagan kunim davomini?

Ey, Atlanta, twin towers edi bu shunchaki demo

tarqagan qisqa demosini ko'rganlar tushunishadi

Ey, Tur, yashash uchun kurash, o'zingsan hayotingga Kapitan Nemo



Sen peshkasan, umrbod peshkaligingcha qolasan agar o'yinni boshlamasang

Soddaroq aytganda sen yutding agar kun kelib ko'zingni yoshlamasang

Вроде бы, kimgadir nimadir qarzsan, lekina kimga? nima? tushunmassan.

Insonlar qurishgan imperiya, sen ham faqat tik-tok varoqlash uchun emassan.


Tur, ko'zini och, qara - гонка, hayotiy yo'l - bu metafora тонкая

Nafrati so'nsa ham, g'aflatga to'lsa ham dushman baribir dushman ekan.

Aytishardi - "nodon do'stdan ko'ra, bitta aqlli dushman yaxshi deb"

Lekin nega hechkim aytmagan, ikkalasi ham bo'lmagani yaxshi deb.


Da. Men Nikola Teslaman, davrimni dahosi bo'la olmagan,

Yoki o'la olmagan Kvazimodo taqdirin takrorlashga botina olmagan,

Axir, Men bo'laman kilometrlab yugurgan, record uchunmas, iloji qolmagan,

Bu hayot yo'lida psixikam singan, shuning uchun mo'jizaga qoyil qolmagan

shaxsiy hayotdagi mo'jiza haqida gap ketgan. Nega qoyil qolmaganman? Chunki u voqeani mo'jiza deb hisoblamaganman u paytda. Vaqt o'tgach ko'p tushunarsiz holatlarni tushuinb olarkan inson.


Men, olganman missiya, забаррикадироваться, координация,

Nima rol o'ynar boylik, hurmat, mardlik, yolg'on yoki shunchaki нация?

Ayt, taqdirga yozilgan bitik, o'qish uchunmi yoki yodda turishi uchun?

Har bir mo'jizani bor vazifasi, ko'z - ko'rish uchun, oyoq - yurish uchun


Ey, Menga ber feministkani tushuntiraman nima bu patriarxat,

Nima g'oya axlat-u, a nimani saqlab, axir rep qilib aytgani yetmaydi sarhad

"Hammamiz sohta" deb ta'kidlashdan nega tinmasman? lekin jim emasman,

Hatto senga bugun berayotgan obrazim, yaxshilab qara bu o'zim emasman


O'ylashing mumkin, kim bu alamzada, notanish so'zlar-u notanish tarzida,

Lekina shu joyigacha tinglashga ham negadir agressiya bilan arzidi.

- Ey, nimaga bu dardi borlarga, dalda bo'larmish-u yog'sa yomg'ir?

- Yog'sa yog'ar, nima senga nima? Shunchaki hozzzir kimgadir og'ir.


Ey falsafa ketsada yonga qarab, rep gapiradi jarayonga qarab,

Kim gapiradi o'zi tiliga qarab, yana yiliga qarab, yoki puliga qarab,

Daromadiga qarab, yo omadiga qarab, kamsitib, saralab,

Yaralab, masxaralab, poralab, aldab vaqtlar oralab,

... Короче biz unaqamasmiz


Ey, Noma'lum bir muddatga ma'lum o'zga o'lkada yashab ko'rganlaga bo'lib "bezamin",

Ishonmaysan, Menga shu haqida английский текст yozib bergan edi bir kun Benjamin - bir do'stim

Lekin uni senga o'qib berishim uchun kuch sarflashim kerak Men tejamay

Так что, Benjamin, my friend, yo! без обид))


17


















Bo'ldi davomida hechnima yo'q, tushmi qo'yur






























O' Pastda nima bor? Odamni yuzi teparodaku?


































Mayli hazil edi. Raz shu yergacha tushibsan znachit yana nimadir kere sanga






















Ogohlantirish: iltimos so'zlarni shoshilmasdan to'g'ri o'qing, chunki bitta e'tiborsiz qolib ketgan kelishik ham tushunmay qolishingizga sabab bo'lishi mumkin.


KOROCHE ERINMAGANLAR O'QISIN!!!


Ho'sh bu yerda nima bor? Hechnima, shunchaki o'z nazarim bilan qaragandagi hayotiy qoidalar ro'yxatini o'zim uchun tuzib chiqmoqchi edim qo'ldan kelgancha. Ushbu trekni yozayotgan paytimda 3 ta qoidani topgandek bo'lgandim (o'ylamayotgandirsan bu trek bir kunda yozilib qolgan deb?) va shu 3 ta qoidaning g'oyalari esimdan chiqib qolmasligi uchun tezda ushbu trek matni ostiga yozib qo'ygandim. Hozir text larni to'g'rilab chiqib oxirida shuni ko'rib qoldim va hozir ham qayergadir olib qo'ygim yo'q. Chunki kompyuterda papkalar tartibli bo'lsa ham juda ko'p. Qachondir kerak bo'lganda topolmay qolishim mumkin, shuning uchun shu yerda qola qolsin. Doim bilamanki "Text ostida"


G'oyibdan olganingni g'oyibga qaytar...


WHAT? demay tur, qiziq bo'lsa hozir tushuntirib beraman. Lekin tushuna olishingga kafolat bermayman


Gap shundaki, bu hayotda hech qanaqasiga o'zgartirib bo'lmas bir jihat bor, bu - balans (ya'ni muvozanat)


So'zga tushunmidiganlar uchun ozgina vizual tarzida tushuncha


Balans qanday ishlaydi?

Misollar tariqasida tushuntirib beraman holos. Bo'lmasa kitob bo'lib ketadi.

Masalan:

Abadiy yorug'lik emas, kun bor va uning aksi tun bor, chunki o'rtada muvozanat bor. Yaxshilik bor va aksi yomonlik bor. Insonlarda ong bor lekin yirtqichlardek kuch, instinkt, bir necha bora kuchliroq hid bilish yoki insonlarga noodatiy bo'lgan ko'rish qobilyatlari (ya'ni hammasini birgalikda kuch deb ataymiz) shular yo'q, chunki muvozanat bor. Agar kuch va aql bitta mavjudodda bo'lganda muvozanat buzilardi.


Tayyormisan? hozir ozgina chuqurlashamiz.

"Nur tezligi" degan so'z birikmasini eshitgandirsan. Nur sekundiga 300 000 km tezlikda uchadi (matematik yaxlitlanganda)(solishitirish uchun misol: mashinalar juda tez yursa SOATIGA 200 km tezlikda yuradi, biz esa SEKUNDIGA 300 000 km tezlik haqida gapiryapmiz). Lekin nur tarkibidagi fotonlarda massa yo'q, ya'ni og'irligi absolyut nol. Bilasanmi nega? Hatto atomlarda juda kichik bo'lsa ham massa bor va nur tezligida biror bir zarracha bo'lsa ham kelib sanga tegsa tahminan 16 ga bo'linib ketishing mumkin edi. Shuning uchun nurda massa yo'q (og'irlik nol). Chunki muvozanat bor. (tushunmagan bo'lsang shoshilmasdan boshqattan o'qi)

Hechkim abadiy yashay olmaydi, chunki yer yuziga odam sig'may ketib muvozanat buzilardi.

Hatto qonun hamma uchun bir, chunki muvozanat bor

Hatto video o'yinlarda ham balans bor. Hamma bilgan o'sha Counter Strike da ham eng kuchli qurol AWP bo'lgani bilan, personaj harakatini sekinlashtiradi, o'yinchi kompakt darajasini yo'qotadi va o'sha kuchli qurol bilan faqatgina bitta pozitsiyani ushlay oladi. Chunki muvozanat bor. Hatto o'yin xaritalarida ham muvozanat bor (garchi insonlar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lsa ham) Lekin o'yinlarda muvozanatni buzishga urinadigan g'irromchilar (ya'ni chiterlar) bor va ularga o'yin ban berish orqali kurashadi. G'irrom bo'lsa demak jazo bor, chunki muvozanat bor


Hatto yer gravitatsiyasida ham muvozanat bor, chunki biz oyoqda tura oladigan darajada yer tortib turadigan qilingandek. Chunki rostdan ham muvozanat borliqni har bir joyida bor (qora tuynuk va kvant fizikasi ga javob bermayman) Olimlar aytishgan, "kvant fizikasini tushunmaslik normal holat, chunki uni hechkim tushunmaydi" deb. Bilasanmi nega? Chunki u yerda ham biz hali tushunib yetmagan muvozanat bor.


Endi shu muvozanatni "g'oyib" ga nima aloqasi bor va o'zi "g'oyib" deyilganda nima nazarda tutilmoqda.

Bilamizki, dinimizda "g'oyibdan yordam" tushunchasi bor. Dinni yaxshi bilganlar bilishadiki, yordamga muhtoj payting g'oyibdan yordam so'rasang hayolingga hech qachon kelmaydigan tomondan yordam keladi.

Hudo hech qachon senga ochiq mo'jiza ko'rsatmaydi (ko'rsata olmaydi emas ko'rsatmaydi) a bu g'oyibiy yordam esa ko'zga tashlanmaydigan sabablar zanjiri orqali senga yetib keladi va bu zanjirni davom ettirib qo'yish avtomatik tarzda seni ham vazifangga aylanadi.

Ha endi buyog'iga vijdon bo'lmasa tushunish qiyin bo'ladi (vijdonsizlar, tuzumi?)

Tasavvur qil, bir tizim bor va u tizim hayotning og'ir vaziyatida qolganlarga ekstrenniy yordam yetkazish bilan shug'ullanadi. Lekin u tizimning na ishchilari bor va na adressi bor. U tizim noma'lum bir principlarga asoslangan holda o'zi ishlaydi.


tahminiy instruksiya:

Demak, yordamga muhtoj payting g'oyibdan (ya'ni hayolingga kelmagan tomondan) yordam keldi. Sen esa vaziyatingni to'g'rilab bo'lgach, o'sha yordamni iloji boricha to'liqligicha, yoki ortig'i bilan, hech bo'lmaganda esa bir qismini bo'lsa ham g'oyibga qaytarishing kerak. Bu yerda rol o'ynaydigan jihat seni qaytarayotgan yordamchangni vaznida emas, a balki vijdoningni toza tozamasligidadir. Qayerga qaytarishing kerak? Albatta Hudoga emas, Hudoning yo'liga qaytarishing kerak (albatta hammaga reklama qilmasdan). O'ylanma g'oyib zanjirini davom ettirish uchun kimga berishim kerak deb, shunchaki g'oyibga qaytar. Chunki yordamga muhtoj bo'lgan keyingi ishtirokchi kim yoki nimaligi hechkimga ayon emas. Balki Bryusel ko'chalarida adashib qolgan bir kuchuk, yoki hozirgina doktor qabulidan g'alati tashxis eshitib chiqayotgan 3 farzandlik onadir. Shuning uchun keyingi ishtirokchiga zanjirni uzatishing kerak. Yordaming qanaqa qilib dunyoni narigi chetiga yetib borishiga bizni aqlimiz ham yetmas balki, a balki "kapalak effekti"* shu yerda ham rol o'ynar.

  • Kapalak effektiga tushunmaganlar uchun: поиск - Эффект бабочки вики
  • Эффект бабочки — термин в естественных науках, обозначающий свойство некоторых  хаотичных систем: незначительное влияние на систему может иметь большие и непредсказуемые последствия, в том числе в совершенно другом месте. Wikipedia
  • Tarjimasi: Kapalak effekti tabiiy fanlardagi atama bo'lib, ba'zi xaotik tizimlarning xususiyatini bildiradi: tizimga ozgina ta'sir qilish katta va oldindan aytib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu jumladan butunlay boshqa joyda. Wikipedia

Chunki g'oyib tizimi bu senga o'yinlardagi cheat (chit) emas, ko'nglingga kelgan payt bir yordam so'rab, o'zingga kelib olib, yana hechnima bo'lmagandek e'tiborsiz qoldirib ketgani.


"Hudo qarzga yordam beradi" degan tushunchani ilgari surmoqchimasman, yo'q.

Lekin bir narsani tushunganmanki, yordam zanjiri sengacha yetib kelgan bo'lsa, demak u zanjirni uzishga haqqing yo'q.

Shunchaki keyingi safar yordam so'rayotganingda, o'tgan safargi yordamni hali qaytarmaganing yodingda tursin.

va shu hammasini qisqacha qilib ehson deb ataladi balki. Chunki o'zing sezmay qolishing mumkin qachon va qayerda Hudo senga yordam zanjirini tashlaganini. Shuning uchun ham bu tizimning nomi G'oyib.

Shunchaki unutma: Olishning berishi bor chunki MUVOZANAT hamma tizimda bor.


Fuhh... Tushuntiroldimmi yo'qmi bilmadim, lekin keyingi qoida haqida tochno yozamayman. Chunki shuncha yozuv bu qisqacha tushuntirib berganim)))


Ha yana, bu haaaaaammmasi dunyoga o'zimi subyektiv qarashlarim, bularga amal qilishga ham brov majbur emas va bu fikrlarni kimdir to'g'ri deb hisoblashi ham shart emas. Boshida aytib o'tganimdek bu narsalar o'zim uchun, va vaqti kelib xulosamni o'zgartirishim mumkin. Chunki bu borada bular yakuniy fikrlarim emas va qandaydir jihatlarini yozish yoki o'sha jihatlar haqida o'ylab ko'rish esimga kelmagan bo'lishi mumkin. Hullas bu homaki va tayyor bo'lmagan teoriya)))


g'oyib

nazar

karma (bumerang)

Report Page