MINI - SEMENT ZAVODI (YILIGA 150 000 TONNA)

MINI - SEMENT ZAVODI (YILIGA 150 000 TONNA)

"OSS GROUP" - COMPANY

Yirik ishlab chiqaruvchiga aylanmoqchimisiz, Yiliga millionlab dollar daromad ko`rishni istaysizmi ?! Unda bugungi biznes loyihamiz aynan Siz uchun!

" OSS GROUP " kompaniyasi yirik tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`ymoqchi bo`lganlar uchun SEMENT ISHLAB CHIQARISH LOYIHASI hamda SEMENT ZAVODI uchun maxsus liniyalar to`plamini taqdim etadi.

Ushbu serdaromad soha orqali siz nafaqat yurtimizda balki MDH mamlakatlarining eng ko`zga ko`ringan tadbirkorlaridan biriga aylanasiz !

STATISTIK MA`LUMOTLAR

SEMENT - ning global iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati va qurilish sohasidagi o`rni hech kimga sir emas .

Statistik ma`lumotlarga qaraganda dunyo miqyosida bir yilda o`rtacha 3,5 -4 millard tonna sement ishlab chiqariladi ! Eng qizig`i ushbu ko`rsatgichning 53,4 % birgina Xitoy Xalq Respublikasi hissasiga to`g`ri keladi.

O`zbekiston Respublikasi mazkur ro`yxatda 34 - o`rinni egallab turibti. MDH davlatlari orasida esa Rossiya va Ukrainadan keyingi 3 o`rinda.

Sement - eng asosiy qurilish mahsuloti hisoblanib, unga bo`lgan talab barqaror sur`atda yiliga 10-15 % ga o`sib bormoqda.

Bugungi kunda yurtimizda 12 ta sement zavodlari mavjud bo`lib ularda umumiy hisobda yiliga 9 million tonnaga yaqin sement ishlab chiqariladi. Shunga qaramasdan sementga bo`lgan bozor talabi hali to`la qondirilgani yo`q va yildan yilga oshib bormoqda.

"O`zsanoatqurilishmateriallari" davlat holdingi ma`lumotlariga ko`ra 2026-yilga qadar respublikada jami sement ishlab chiqarish ko`rsatgichini yiliga 20 million tonnaga yetkazish vazifasi qo`yilgan. Ushbu reja respublikada yangi xususiy sement zavodlarini qurish orqali amalga oshiriladi.

SEMENT TURLARI VA MARKALARI HAQIDA MA`LUMOT

Portland sement
Shlakoportland sement
Sulfatga chidamli portlend sement
Oq sement
Rangli portlend sement
Aluminiy sement
va boshqalar

Sement sifatini tavsiflovchi eng muhim ko'rsatkichlardan biri uning siqilish kuchi hisoblanadi. Ushbu parametr laboratoriya sinovlari jarayonida aniqlanadi, uning natijalariga ko'ra material 100 dan 800 gacha bo'lgan raqamlarga va BAR yoki MPa-da siqilish darajasini ko'rsatuvchi markalarga bo'linadi.

Sement navini belgilash uchun PC yoki M qisqartmasi ishlatiladi, masalan, paketga qo'llaniladigan M400 ko'rinishidagi belgi uning bosimi 400 kg / sm3 gacha bardoshli ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, unda D harfining ko'rsatilishi moddaning umumiy massasida qo'shimchalar mavjudligi va ularning foiz miqdori haqidagi ma'lumotni anglatadi.

Sement navlari ichida M400 va M500 markali portlandsement eng xaridorgir hisoblanadi, sababi ushbu navlar yuqori bosimga bardoshlilik va narxining arzonligi bilan boshqa turlardan ajralib turadi.

ASOSIY XOMASHYOLAR

Sement tarkibi bir qancha kimyoviy elementlardan iborat bo`lib eng asosiy xomashyo turi ohaktosh hisoblanadi. O`zbekistonda yirik ohaktosh zaxiralari yetarli bo`lib ushbu ko`rsatgich bo`yicha MDH davlatlari ichida yetakchi o`rinlarda turadi. Respublika ohaktosh zahiralarining asosiy qismi Navoiy, Toshkent, Farg`ona, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston respublikasi hududlarida joylashgan.

PORTLANDSEMENTNING KIMYOVIY TARKIBI

Ohak (kaltsiy oksidi, CaO) - 60%.

Kremniy dioksidi (SiO2) - 20%.

Alyuminiy (alumina, Al2O3) - 4%.

Gips va temir oksidi (Fe2O3) - 2%.

Magniy oksidi (MgO) - 1%.

Boshqa kimyoviy komponentlar - 13%

SEMENT QANDAY ISHLAB CHIQARILADI ?

Sement klinker va gipsni maydalash orqali olinadi. Klinkerni maydalash jarayonida mahsulot xususiyatlarini yaxshilash va sement narxini pasaytirish maqsadida qo'shimcha komponentlar: CaSO4 , 2H2O, gips va 15% gacha boshqa faol minerallar (pirit shlaklari, portlash pechining changi, boksit, qum...) qo`shiladi.

Sement tayyorlanadigan asosiy narsa bu klinker. Klinker - bu kalsiy silikatlarining ustunligini ta'minlaydigan ohaktosh va kompozitsion loydan tashkil topgan bir hil xom aralashmani sintezlashdan olinadigan material bo`lib, sement ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulot hisoblanadi.

Bugungi kunda sement asosan 3 usulda ishlab chiqariladi: Quruq, nam va aralash usulda. Biz Quruq usulda ishlab chiqarish texnologiyasini tavsiya etamiz sababi ushbu texnologiya boshqalaridan ko`ra energotejamkorlik hamda yuqori samaradorlik bilan ajralib turadi.

Guvohi bo`lganingizdek sement ishlab chiqarish jarayoni bir necha murakkab texnik jarayonlardan tashkil topgan. Ammo malakali hodimlar hamda mukammal texnologiyalar yordamida siz hech qiyinchiliksiz talab eng yuqori bo`lgan, mavsum tanlamaydigan qurilish mahsulotini ishlab chiqarishingiz mumkin.

ISHLAB CHIQARISH USKUNALARI

1.OHAKTOSHNI MAYDALASH TIZIMI
2. XOMASHYO TAYYORLASH TIZIMI
3. XOMASHYONI GOMOGENLASH TIZIMI
4. PECHGA UZATISH TIZIMI
5. KLINKERNI PISHIRISH TIZIMI
6 . KLINKERNI SAQLASH TIZIMI
7. ARALASH MATERIALLARNI MAYDALASH TIZIMI
8. SEMENTNI SILLIQLASH TIZIMI
9. 1000 TONNALIK SEMENT OMBORI


BATAFSIL MA`LUMOT:

+998 94 225 00 08

+99891 337 08 00

+998 93 344 04 04

+99894 484 00 08

Sayt: https://dastgoh.uz

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz

Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida. 

"OSS GROUP " BIRGALIKDA TARAQQIYOT SARI













Report Page