MINERAL O‘G‘ITLAR BOZORIDA NARX MANIPULYATSIYASIGA NISBATAN MONOPOLIYAGA QARSHI CHORALAR QO‘LLANILDI

MINERAL O‘G‘ITLAR BOZORIDA NARX MANIPULYATSIYASIGA NISBATAN MONOPOLIYAGA QARSHI CHORALAR QO‘LLANILDI


O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan “Navoiyazot” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlandi.

Jumladan, jamiyat tomonidan 2021-2023 yillarda mineral o‘g‘it (karbamid, sulfat ammoniya, superfosfat), polivinilxlorid (PVX) va formalin) O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori talablariga zid holda mahsulotlarini tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda jami 57 209 tonna mahsulot birja savdolariga qo‘ymasligi oqibatida taklifning sun’iy ravishda kamaytirilishi natijasida narxlarni o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga olib kelgan.

Mazkur huquqbuzarliklar natijasida jamiyat tomonidan jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan.

Mazkur qonun talablari buzulishi holatlari yuzasidan Qo‘mita tomonidan “Navoiyazot” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.


Report Page