MILLIY LIBOS - MILLAT KO'RKI

MILLIY LIBOS - MILLAT KO'RKI

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi

Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi. Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilning 26- senabr kuni tuman maktab va maktagacha ta'lim bo'limi bilan hamkorlikda "Milliy liboslar millat ko'rki" mavzusida liboslar ko'rgazmasi tashkil qilindi.

O‘zbek qizlari va ayollari azal-azaldan betakror ibo-hayosi, donoligi va uddaburonligi, milliy liboslardagi go‘zalligi va nafosati bilan dovrug‘ qozongan. Darhaqiqat, atlas, adras, banoras, beqasam va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga husn, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Qolaversa, bu kabi liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarga, milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.


Libos nafaqat, insonga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki uning odob-axloqi, dunyoqarashi, fe’l-atvori, ma’naviyati darajasini, umuman, qanday inson ekanligini namoyon etuvchi vositalardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, bu o‘rinda qizlar o‘rtasida milliy liboslarni keng targ‘ib etish, yoshlarimizning milliy liboslarga havasini oshirish, qolaversa, kiyinish madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Zero, libosda ham inson ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati aks etadi. Tashqi qiyofaga e’tibor, ichki ma’naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi.

Ayniqsa, bu o‘rinda qizlar o‘rtasida milliy liboslarni keng targ‘ib etish, yoshlarimizning milliy liboslarga havasini oshirish, qolaversa, kiyinish madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Zero, libosda ham inson ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati aks etadi. Tashqi qiyofaga e’tibor, ichki ma’naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi.

Bugungi globallashuv zamonida xotin-qizlarimiz momolarimizning chin insoniy udumlari davomchilari sifatida milliy liboslarimizga, o‘zbekona kiyinish odobiga bepisand qaramasliklari, bu qadimiy merosimizga, go‘zal an’analarimiz, o‘zbekona odobu andishaga hamisha hurmat va ehtiromda bo‘lishlari maqsadga muvofiq.

Shu ma’noda, tumanimizda qizlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o‘rgatish, kiyinish va muomala madaniyatini yuksaltirish, ongi va qalbini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish, oilaviy hayotga tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi


Report Page