MILLIY GVARDIYA XODIMLARI TOMONIDAN O‘Z JONIGA QASD QILMOQCHI BO‘LGANLAR HAYOTI SAQLAB QOLINDI

MILLIY GVARDIYA XODIMLARI TOMONIDAN O‘Z JONIGA QASD QILMOQCHI BO‘LGANLAR HAYOTI SAQLAB QOLINDI

milliygvardiya.uz

Joriy yilning 26-oktyabr kuni soat 14:30 larda Namangan viloyati Mingbuloq tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi ustidan o'tgan ko‘prikda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ko‘prik ustida to‘xtagan maktab o‘quvchisini kuzatib turib, uning shubhali harakatlarini sezib qolishgan va yoniga borib suhbatga chaqirishgan.

@milliygvardiyauz_official

 Suhbat chog‘ida o‘quvchi qiz maktabda yuz berayotgan ayrim holatlar sabab o‘zini suvga tashlamoqchi ekanligini ma’lum qilgan. O‘z o‘rnida Qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘quvchining xatti-harakatlari noto‘g‘riligini ta’kidlab, zarur maslahatlar berganlar.

@milliygvardiyauz_official

Shundan so‘ng ushbu o‘quvchi yashash joyiga olib borilib, ota-onasiga vaziyat tushuntirilgan holda topshirilgan.

@milliygvardiyauz_official

O‘smirlar o‘rtasida bunday holatlarni oldini olish maqsadida Qo‘riqlash xizmati xodimlari tashabbusi bilan ushbu hududdagi barcha maktablarda pedagogik jamoa hamda psixologlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilinib, maktab o‘quvchilarining psixologik kechinmalari va ularning omillari, ota-onalar yoki maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning psixologik holatiga beparvolik bilan qarash oqibatida o‘smirlarda o‘z jonini xavf ostiga qo‘yish kabi holatlar yuzaga kelayotganligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official

Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarining sergakligi tufayli yana bir insonnig hayoti saqlab qolindi.

Joriy yilning 28-oktyabr kuni soat taxminan 15:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ushbu hududda joylashgan Chorbog‘-1 ko‘prigida noma’lum erkak kishi ko‘prik o‘rtasiga borganida harakatdan to‘xtab daryoga yuzlanganligining guvohi bo‘lganlar. Bu vaziyatdan shubhalangan xodimlar tezda fuqaro tomon harakatlanib, to‘xtatishlariga qaramay fuqaro o‘zini ko‘prikdan suvga tashlagan.

@milliygvardiyauz_official

Safdorlar I.O.Nosirov va B.B.Mirzaabdullayevlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatganlar. Hozirda ushbu fuqaro Bo‘stonliq tumani Markaziy kasalxonasiga “chap oyoq suyagi yopiq sinishi” tashxisi bilan yotqizilgan.

@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida o‘zini suvga tashlagan shaxs Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro G.R. ekanligi aniqlangan.

Sodir bo‘lgan har ikki vaziyatda ham holat “qahramon”lari yoshlar ekanligi odamning dilini xira qiladi. Milliy gvardiya qo‘mondonligi barchani yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga chaqiradi. 


Report Page