MayoqHub
MayoqHub kurslari haqida ma’lumot
Kurs maqsadi
Frontend dasturlash asoslari, sohadagi ko’p ishlatiladigan instrumentlar va ishlash usullarini sodda va tushunarli, amaliy mashqlar yordamida, mustaqil va jamoada ishlashga asoslangan ko’rinishda o’rgatib eng kami amaliyotchi va optimal holatda kichik mutaxassis sifatida ishlay oladigan frontend dasturchilarni tayyorlash.
Bo’laklarga bo’lingan ko’rinishi
Minimal maqsad qilingan natija: frontend dasturlash bo’yicha amaliyotchi darajasidagi ko’nikmaga ega mutaxassis tayyorlash
Optimal maqsad qilingan natija: kichik frontend mutaxassis sifatida oylikli ishga kira oladigan bilim va tajribaga ega mutaxassis tayyorlash
O’rgatiladigan narsalar:
- frontend dasturlash asoslari
- frontend dasturchi ishlatadigan instrumentlar
- jamoada ishlash ko’nikmalari
- ishga topshirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar
Yondashuv: sodda va tushunarli nazariy bilim, amaliy mashqlar
Kurs formati
Ertalabki va peshingi guruhlar uchun qabul bor. O’quvchilar haftada 5 kun 4 soatdan darsxonaga qatnab o’qiydi. 4 soat dars quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
- Eng ko’pi 1 soat men va/yoki mentor bilan jamoaviy savol-javob, muhokama. O’quvchilarning savollariga javob beriladi.
- Eng ko’pi 1.5 soat mentordan yordam olish imkoniyati.
- Qolgan vaqt mustaqil shug’ullanish uchun.
Muhokama va mentorning qo’llab-quvvatlashi maksimum yuqorida berilgan vaqtlarga mos bo’lishi kerak. O’quvchilarning savollari kam bo’lsa, muhokama vaqti kamayishi, savollari yo’q bo’lsa, muhokamani o’tkazmaslik mumkin. Mentorning qo’llab-quvvatlash vaqti bilan ham shunday: o’quvchilar 1.5 soat belgilangan vaqt ichida mentorga bog’lanib savollariga javob oladi. Savollar bo’lmasa, mentor dam oladi.
O’quvchilar biron mavzuni takrorlash, yaxshiroq tushunish maqsadida mentorni oldindan ogohlantirgan holatida mentor shanba kunlari eng ko’pi 3 soat qo’shimcha dars, muhokama o’tkazishi mumkin.
O’quvchilar mavzularni videodarslardan ko’rib o’rganishadi. Kundalik vazifalar Telegram kanalda berib boriladi.
Kursda bir necha marta imtihon o’tkaziladi. Imtihondan o’ta olmagan o’quvchilarga ishlarining sifatiga qarab 2-marta imkon berilishi mumkin.
Onlayn o’qimoqchi bo’lgan o’quvchilarga qo’shimcha talablar:
- Darsga jiddiy e’tibor qaratish
- Savollarni onlayn to’g’ri tushuntirib bera olish
- Darslarni o’rganish sifati kafilligini o’zlariga olish.
Onlayn o’qimoqchi bo’lgan o’quvchilar olishi mumkin bo’lgan narsalar: kontent, guruhdoshlar, yo’l-yo’riqlar.
Kurs bo’limlari
HTML verstka
Davomiylik: 7 oy
O’rgatiladigan texnologiyalar:
- HTML
- CSS
- JavaScriptda DOM manipulyatsiyasi
- Git, GitHub, Netlify
- Moslashuvchan sayt tuzish
- Sass
- Gulp
- Pug
- Bootstrap 4 va 5
Tuziladigan loyihalar soni - 20 dan ortiq
JavaScript dasturlash va React
Davomiylik: Kamida 7 oy
O’rgatiladigan texnologiyalar:
- JavaScript asoslari
- JavaScriptda DOMga oid mashqlar
- JavaScriptda OOP
- JavaScriptda algoritmik masalalar ishlash
- React
- Redux
- Next
Tuziladigan loyihalar soni - 10 dan ortiq
Kurs narxi
Oylik to’lov 800 ming so’m. Oldindan kursning bir bo’limi yoki to’liq kurs uchun to’lov qilish imkoniyati yo’q.
Ayol-qizlar uchun 500 ming so’m.
Nogironligi borlar uchun alohida gaplashiladi. Bepul qilib berish ham mumkin.