Men nima uchun o`qituvchi bo'ldim yohud to'g'ri xulosa

Men nima uchun o`qituvchi bo'ldim yohud to'g'ri xulosa

#ustozimga_maktub

Har bir o'quvchidan tanlagan kasbi haqida so'rab boriladi. Mendan so'rashganda qiz bola bo’lsamda harbiy bo'lishni orzu qilardim. Sakkizinchi 8-sinfga o'tganimda nemis tili fanidan yangi ustoz o'ta boshladi. Men bu fanni juda yaxshi bilsamda yangi ustozga ko'nika olmadim. Bir kuni ustozim bilan qattiq tortishib qoldim va ustozim menga qattiq tarsaki tushirdi. Bu holat menga yomon ta’sir qildi. Maktabni bitirar ekanman, ustozimning tarsakisi ko'z oldimdan ketmasdi. 

Menga so'ggi qo'ng’iroq tadbirida a’lochi o'quvchi sifatida so'z navbati berishdi. So'zga chiqib ustozlarimga minnatdorchilik bildirib, ularday mashaqqatli yo'ldan borishimni va ustoz bo'lishga qaror qilganimni bildirdim. Bu meni tushunmagan ustozga isyonimmi yoki nimanidir isbotlashmi bilmadim, jo’shqinlik davridagi qaror edi. Oradan yillar o'tib men ham xuddi o'sha ustoz kabi nemis tili o'qituvchisi bo'ldim. 

O'z maktabimga birinchi ish kunimda kelar ekanman, taqdir hazilimi bilmadim, o'sha tarsaki tushirgan ustozimga eshik oldida duch keldim. Ustozim kulimsirab: "Ana endi ustoz kimligini tushunasan", – dedilar. 

Birinchi darsimga kirdim. Mendan dunyo-dunyo umid kutayotgan o'quvchilar mendagi hali ustozlik qanaqa bo’lishini ko’rsatib qo'yaman degan fikrni yo'qotib, men bu bolalarni kelajagini yaratishda hissa qo'shaman degan fikrni paydo qildi. 

Darsdan chiqib ustozimdan kechirim so'radim. Ustozim meni yaxshiroq bilishim va yuzaki o'qimasligim uchun koyiganligini tushundim. Baribir bir tarsaki meni ustoz bo'lishga undagan bo'lsa-da, ustoz bo'lganimdan faxrlanaman. Bu maktubni ustozimga yozar ekanman, o'sha bir tarsaki uchun rahmat aytmoqchiman. RAHMAT SIZGA USTOZ !!!!!!

 Sa’dullayeva Dilfuza Abdullayevna


Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram

Report Page