“MEHR HARAKATI” - XAYRLI ISHLAR HARAKATI

“MEHR HARAKATI” - XAYRLI ISHLAR HARAKATI




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmonida “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish «Inson qadri uchun» tamoyili asosida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. 


Ushbu farmondan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Tleubaevich Orinbaevning Qoraqalpog‘iston Respublikasida og‘ir sharoitda yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Mehr harakati” deb nomlangan tashabbusi ilgari surildi. Ushbu “Mehr harakati” doirasida To‘rtko‘l tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj 510 ta xonadon aniqlangan. 


To‘rtko‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi ham bu harakatda faol qatnashib ijtimoiy himoyaga muhtoj 510 ta xonadonlarning tumandagi maktablarda ta’lim oluvchi 389 nafar o‘quvchi farzandlari aniqlanib bir qator moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 



To‘rtko‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi bilan birgalikda “Mehr harakati” doirasida og‘ir sharoitdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning maktabda ta’lim olayotgan farzandlariga tuman bo‘linmasi byudjeti mablag‘lari hisobidan jami: 40 nafar bolalar qishki kiyim-kechaklar bilan ta’minlandi.



Report Page