MEHNATSEVAR AYOLLAR - FAXRIMIZ

MEHNATSEVAR AYOLLAR - FAXRIMIZ

O'zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi
foto

Ayol — jamiyat koʻzgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati kelajagimiz egalarining jonajon Vatanimiz ravnaqi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol insonlar sifatida voyaga yetishida muhim omil hisoblanadi.

foto

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga boʻlgan mu-nosabati va gʻamxoʻrligi bilan belgilanadi. Shu maʼnoda, soʻnggi paytlarda Oʻzbe-kistonda xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ular-ning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanib, keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

foto

Kitob tumanidagi "Dilfuza Narziqulovna" fermer xo’jaligi raisi Dilfuza Boboyeva ham ushbu islohotlar ishtirokchisi, ularni hayotga tatbiq etishga harakat qilayotgan faol ayollardan.

O’zbekiston Ekologik partiyasi Kitob tuman Kengashi raisi, “Ayollar qanoti” yetakchisi, faollari birgalikda "Dilfuza Narziqulovna" fermer xo’jaligi yer maydonida bo'lib, bog’ faoliyati bilan tanishishdi.

foto

Fermer xo’jaligi raisi ishtirokchilarga bog’dagi daraxt turlari bilan tanishtirib, olingan daromad va kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot berdi.   

Dilfuza Boboyevaning ma’lum qilishicha fermer xo’jaligi 4 gektar yer maydoni mavjud. Ushbu hududning 3,6 gektariga 2016 yilda intensiv tok ekilgan. Bugun tokzordan yaxshi xosil yig’ib olinib, mahalliy bozorga chiqarilmoqda. Uzumning bir qancha navlari ekilgan bo’lib, ularni parvarishlash uchun alohida e’tibor kerak.

foto

-        Tokzorda tomchilatib sug’orish tizimi yo’lga qo’yilgan. O’z vaqtida sug’orish mo’l xosil garovi,- deydi D.Boboyeva. – Ayniqsa bahorda ko’milgan toklarni ochish, kuzda butalib ko’mish bog’bondan bilim va tajriba talab qiladi.   

 Ta'kidlsh joizki, fermer xo'jaligida 20 nafar kishi mavsumiy va doimiy ishlar bilan ta'minlangan. Ularning asosiy qismini xotin-qizlar tashkil etadi.

foto

Ishchilar bog'ga ishlov berish, daraxt qator oralariga ekilgan sabzi, kartoshka va boshqa sabzavotlarni ekishdan to xosilni yig'ib olishgacha bo'lgan jarayonda mehnat qilishadi. Ishchilarning ro'zg'ori farovonligini oshirish maqsadida olingan xosildan ulashiladi.

Shundan bo'lsa kerak ishda unum, xosilda baraka bor.

 

 




Report Page