MEHNAT YARMARKASI O`TKAZILDI

MEHNAT YARMARKASI O`TKAZILDI

"Qo`shchinor" gazetasi tahririyati

Bugun Toyloq tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi bilan  Prokuratura huzuridagi majburiy ijro buyurosi binosida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o`tkazildi.

  Tumanda aliment to‘lash majburiyatini olgan fuqarolar bilan ishsizlarni ish bilan ta’minlash maqsadiga yarmarkasi tashkil etilib, mazkur bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga 30 dan ortiq fuqarolar jalb etildi.

 Ushbu bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan 241 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Bundan tashqari, tadbirga jalb qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan maqbul kelgan ishsiz fuqarolarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomalari va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga tayyor holda korxona rahbari va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etdi.

      O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 30 nafar fuqarolar jalb qilinib, yarmarkada ishtirok etgan fuqarolardan 6 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, Shundan 2 nafari ayollarni, 3 nafari yoshlarni, 1 nafari esa 30 yoshdan oshgan fuqaroni tashkil etadi. 

      Yarmarkada mehnat organlarining malakali mutaxassislari tomonidan 24 nafar fuqarolarga talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.

Report Page