“MEGA LOYIHA” DAVOM ETMOQDA

“MEGA LOYIHA” DAVOM ETMOQDA


 Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi izlanuvchisi Eshmatov Shuxrat Ochilovich 03.00.06-"Zoologiya (Veterinariya fanlari)" ixtisosligi bo‘yicha professor X.B.Yunusov, dotsent T.I. Taylakovlar rahbarligida “Qashqadaryo viloyati sharoitida echkilar monieziozining tarqalishi, davolash va oldini olish chora tadbirlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Dala tajribalarining аprobatsiyasi 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumaninig “Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi Ko‘ksoy echkichilik xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi.

 Dala tajribalarida tabiiy zararlangan echkilar “O‘xshash juftliklar” tamoili asosida 10 boshdan 3 guruhga guruhiga bo‘lindi.Birinchi tajriba guruhiga Brontel+, Ikkinchi tajriba guruhiga Monezol antgelmintigidan berildi. Uchunchi tajriba guruhi Ivermektin+Prazikvantel antgelmintigidan berildi. 

Tadqiqot maqsadi –Echkilar moneziozini davolashda antgelmintiklarni sinovdan o‘tkazish va antgelmintiklarni monieziozga qarshi ta’sir etish samaradorligini aniqlash.

Bizni kuzatishda davom eting...


Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi

Report Page