MDH kutubxonachilari Xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

MDH kutubxonachilari Xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

https://t.me/natlibuz

2024-yil 15-may kuni Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar gumanitar hamkorligi va Yevroosiyo kutubxonalari Assambleyasining MDH kutubxonachilarining Xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yalpi majlisda so‘zga chiqqan ma'ruzachilar kutubxonalarning tarixiy xotirani saqlashdagi roli, raqamli asrda yozma meros yodgorliklariga qaratilayotgan e'tibor, bolalarni mutolaa bilan tanishtirishning innovasion amaliyotlari, kutubxona va axborot sohasida sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, Yevrosiyo makonida prezident kutubxonalarining o‘rni, kitob yodgorliklari xavfsizligi va keng kitobxonlar ommasiga yetib borishini ta'minlash, Rossiya Davlat kutubxonasining "Madaniyat" milliy loyihasi, yosh avlodning ta'lim manbalari va asosiy yo‘nalishlari, kutubxonalar va zamonaviy media muhitda axborot ta'limiga yangicha yondashuv, Yevroosiyo kutubxonasi Assambleyasi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari hamda Samarqand viloyati axborot-kutubxona tizimi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.



Report Page