MDF ESHIKLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

MDF ESHIKLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

https://dastgoh.uz

Avvallari qo'li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o'z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnalogiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o'z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko'rishda murakkab ko'ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo'lib, boshlang'ich ko'nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo'yamiz. Yog'och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo'lga qo'yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o'lchamda kesib olib, unga mijozga ma'qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o'rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko'ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo'lmagan mebellar yasashni ham yo'lga qo'yishingiz mumkin.

https://dastgoh.uz

Dastavval biz ishni MDF panelni kerakli o'lchamda kesishdan boshlaymiz. Bu biz uchun buyurtma qilgan yoki xaridorlar talabidan kelib chiqqan holda ishni bajaramiz va har bir viloyat xaridorlarida o'lchamlar turlicha bo'ladi. Buning uchun bizga ikki arrali kesish uskunasi kerak bo'ladi. Ikki arrali kesish uskunasi mahsulotni chetini O'chirmasdan, bir xil tekislikda kesib beradi, buning uchun oldingi kichik arra tezligi yuqori bo'lganligi uchun mahsulot sifatli chiqadi.

https://dastgoh.uz

MDF panelimizni eshik uchun kerakli bo'lgan o'lchamda kesib olgandan so'ng, ularga turli xildagi mijoz talabiga mos naqshlar bilan bezashga to'g'ri keladi. Agar mijozingiz oynali eshiklarni xohlashsa, ularni ham qilishni imkoni bor. Rover uskunasini ishlatadigan ustadan asosiy talab u AutoCAD dasturidan foydalanish bo'yicha ko'nikmaga ega bo'lgani yaxshi.

https://dastgoh.uz
https://dastgoh.uz

MDF eshik uchun asos yasalib so'ng shu asosning ikki yuzasi MDF bilan qoplanadi va asos bilan tutashgan qismlar yaxshilab yelimlangach issiq yuzali gidravlik presslash uskunasi yordamida mustahkamlanadi. Bu jarayonda hech qanday mix va boshqa mustahkamlovchi vositalardan foydalanilmaydi, shu sababli mahsulotimiz sifatli bo'lib chiqadi.

https://dastgoh.uz

Ushbu yordamchi uskuna ishlab chiqarish seximizga ortiqcha chiqindilar chiqishidan hamda uskunalarimiz bexato ishlashi uchun zarur hisoblanadi. Uskunani ishlash jarayoni birmuncha sodda ishlangan bo'lib maxsus qoplarga chiqindini yig'adi, ish yakunlangach uni tozalab qayta qo'yasiz.

https://dastgoh.uz

Biz sizga taklif qiladigan ushbu uskunamiz juda qulay hisoblanadi, hattoki uni eshik xonadonga o'rnatilgandan keyin ham ishlatish mumkin. Vertikal hamda gorizontal holatda ham ishlayveradi. Ishlatish birmuncha sodda ishlangan bo'lib, ustalar ishlatish jarayonida xatoga yo'l qo'ymaslik ehtimoli yuqori.

https://dastgoh.uz
https://dastgoh.uz

Ishlar yakuniga yetgach eshiklarimizni bo'yoq hamda laklar yordamida yaxshilab bo'yab olish lozim bo'ladi. Bu jarayonda sizga havo kompressori zarur bo'ladi. Kompressorlarni mahalliy bozordan topish qiyin bo'lmaganligi sababli uni liniya tarkibiga kiritmadik.

https://dastgoh.uz


UMUMIY NARXI:

ROVER USKUNASI-7400$

GIDRAVLIK ISSIQ YUZALI PRESS(100T)-16800$

CHANG TORTISH MOSLAMASI-400$

QULF O'RNINI OCHISH MOSLAMASI-1300$

IKKI ARRALI KESISH USKUNASI-3500

UMUMIY NARXI 29400$



Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 01.03.2019 sanadagi narxlarga muvofiq ko'rsatilgan va ular o'zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shahridagi omborimizdan yoki Navoiy shahridagi "One Step Solution''XK do'koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O'zbekiston bo'ylab yo'l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

+99 8 94 225 0008

+99 8 93 344 04 04

Sayt: https://dastgoh.uz

Email: https://trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz


Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida.


https://t.me/OSS_uz
https://t.me/OSS_uz
https://dastgoh.uz





Report Page