MASLAHATTEPA QADIMIY YODGORLIGI

MASLAHATTEPA QADIMIY YODGORLIGI

Chirchiq shahar tarixi muzeyi bosh muhofizi X.A.Tuychiboyev

Chirchiq shahar tarixi muzeyi bosh muhofizi Xursandbek  Abdimuminovich  Tuychiboyev

Maslahattepa qadimiy yodgorligi.

                                                         

 Annotatsiya: Ushbu maqolada Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Bolodala qishlog‘ini Sarhojibobo hududining janubi, Bezgatibo soyining chap sohilida joylashgan, Maslahattepa qadimiy yodgorligi haqida so‘z yurtiladi. Hamda u yerdan  topilgan betakror ashyolar haqida ma’lumotlar bayon etiladi.

  Kalit so‘zlar: Maslahattepa, Bolodala, Bezgatibo, xirmon, gips, shlak, kvars, kompleks.

  Kirish: O‘zbekiston madaniyatinining shakllanish va taraqqiy etish tarixini aniqlashda muhim rol o‘ynaydigan manzillardan biri Toshkent viloyati madaniy yodgorliklarini o‘rganishdir. Qo‘lay tabiiy sharoiti, boy o‘simlik va hayvonot dunyosi tufayli bu joylar qadimgi tosh davridayoq ibtidoiy ovchilar, baliqchilar tomonidan o‘zlashtirib olingan. Ibtidoiy odamlar o‘z hayotlari izlarini g‘or va ochiq makonlar, alohida qurol va tosh uchqunlari, chaqmoqtoshdan qurol ishlagan yirik ustaxonalar, tosh va qoyalarga sirli tasvirlar solingan harxil rasmlar galereyasi tarzida qoldirganlar. Keyinroq borib dasht va tog‘ nohiyalarini ham ko‘chmanchi chorvador qabilalar tomonidan o‘zlastirilgan. Toshkent vohasi Osiyodagi ko‘chmanchi chorvador va o‘troqlashgan dehqonlarning savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalari olib boriladigan asosiy yo‘li ustida joylashgan. Bu yerdagi qadimiy yodgorliklar o‘tmishda muayyan madaniyatning qanday rol o‘ynaganligi haqida ma’lumot beradi.   

Asosiy qism: Maslahattepa qadimiy yodgorligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Bolodala qishlog‘ini Sarhojibobo hududining janubi, Bezgatibo soyining chap sohilida joylashgan. Qiyalikning g‘arbiy yonbag‘ri qismi 30 m, janubi-13 m, sharqi -4 metrni tashkil etadi. Uzun qiyalik sharqdan g‘arbga qarab cho‘zilgan. 1963-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Chorbog‘ arxeologiya otryadi tomonidan aniqlangan. Qazish ishlari o‘tkazilmagan. Bu yerdan simobko‘zacha bo‘lagi, sopol qozoncha, keramika , sopol parchalari va metall shlakllari va qadimgi kulolchilarni pechlari topilgan. 25 x 45 m o‘lchamdagi ustki maydoni mahalliy aholi tomonidan xirmonga aylantirilgan. Shuning uchun tepalikning madaniy qatlami yerni haydash natijasida vayron qilingan. Kichik keramik materialni 2 ta kompleksga ajratish mumkin. Birinchisida taqa shakldagi tutqich, qora chiziqli bo‘laklar va qumli gipsdan yasalgan qalin devorli qoliplari kiradi. 2 kompleksga-yashil sirlangan va zigzag taroqli bezakli idishlar bo‘laklari, shuningdek kavisli tutqichli ko‘zaning cheti.

1-kompleks VI-VIII asrlarga mansub. 2- kompleks XI-XII asrlarga taluqli. Shlak topilmalari shuni ko‘rsatadiki, davrlarning birida aholi yashagan. Aholi punktlari kulolchilik va metall eritish bilan shug‘ullangan. Maslahattepadan topilgan topilmalar ko‘p narsadan dalolat beradi. Misol uchun, dastlabki kunlarda qo‘rg‘onsiz turar-joy mavjud bo‘lgan, ammo keyin qal’alar qurilgan, ya’ni himoya qilish uchun. Bu yerdan topilgan simobko‘zacha ( 1-rasm)

bo‘lagi bu hududda qadimda zargarlik ustaxonalari borligini ko‘rsatadi. Chunki bunday idishlar zargarlik buyumlari uchun zarur bo‘lgan simobni tashish uchun ishlatilgan. Simobni Chimyon va Chotqol hududlaridan yoki Farg‘ona vodiysidan olib kelishgan degan taxmin bor. Maslahattepa hududdan topilgan sopol qozoncha (2-rasm),

Chirchiq shahar tarixi muzeyining zaxiraxonasida kk 21-34335 raqami ostida saqlanadi. Qadimda uy roʻzgʻorda foydalanilgan. Ushbu qozoncha materiali olovga chidamli boʻlib, tarkibi loy, gips, kvarsdan iborat. Oʻlchami: d-12, l-8. Holati: qoniqarli.Undan tashqari bu yerda sopol ko‘zacha topilgan bo’lib,

Chirchiq shahar tarixi muzeyi ko‘rgazma zalida kk 21-34312 raqami bilan joy olgan. Ko‘zaning devorlari yupqa, qizil angobli, qorin qismida ornament bezaklari bor. Bu qadimiy yodgorlikni fan va kelajak avlold uchun saqlab qolish uchun uni avvalo buzilib ketishidan asrash hammamizning burchimizdir.

Xulosa.

Shuni qayd etish kerakki, olimlarimiz tomonidan Toshkent viloyati tarixini oʻrganish sohasida qilingan ishlarga qaramay, koʻpchilik yodgorlik haqida gapirganda “qazish ishlari oʻtkazilmagan” deyiladi. Bu fakt voha yerlari oʻz bagʻrida hali qanchadan-qancha sirlarni yashirib yotganligini, olimlarni, arxeologlarni, muzey xodimlarini qanchadan-qancha qiziqarli kashfiyotlar kutayotganligini koʻrsatuvchi dalildir. Ikkinchi tomondan, bu narsa yer ostida bekinib yotgan qadimiy moddiy madaniyatga qanchalik eʼtibor bilan qarash lozimligini yana bir bor qayd etadi.

Ushbu maqola "Oʻzbekiston muzeylarining dolzarb muammolari" nomli toʻplamda chop etilgan....

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Буряков Ю.Ф., Касымов М.Р., Ростовцев О.М. Тошкент областининг археологик ёдгорликлари// Ўзбекистон ССР “Фан” -1975-йил.

2. Ю. Ф. БУРЯКОВ ПО ДРЕВНИМ КАРАВАННЫМ ПУТЯМ ТАШКЕНТСКОГО ОАЗИСА ИЗДАТЕЛЬСТВО “ФАН” УЗБЕКСКОЙ ССР ТАШКЕНТ-1978

3. Ю. Ф. БУРЯКОВ М. Р. КАСЫМОВ, О. М. РОСТОВЦЕВ АРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ПАМЯТНИКИ ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ ИЗДАТЕЛЬСТВО «ФАН> УЗБЕКСКОЙ ССР ТАШКЕНТ-1973

4. Древности Чарвака. Отв. ред. Р. X. Сулейманов. Т.. «Фан». 1976 88 с. с. рис. (АН УЗССР. Ии-т археологии).

Report Page