MARS

MARS

Koinot vaqti

Mars sayyorasini odamlar qadimdan kuzatib kelishgan. Ushbu sayyora vaqti-vaqti bilan osmonda zarg'aldoq-qizg'ish yulduz ko'rinishida namoyon bo'lgan. U Quyosh sistemasidagi to'rtinchi sayyora. Mars sayyorasi Quyoshdan 228 mln. km uzoqlikda joylashgan. Mars hajm jihatdan Yer sayyorasidan ikki barobar kichik, vazn jihatdan esa sayyoramizdan o'n barobar yengil. Marsda yil 687 sutka davom etadi, Yer hisob bo'yicha taxminan ikki yil. Uning o'z o'qi atrofida aylanish davri deyarli yernikiga o'xshaydi- 24 soat 37 daqiqa. Mars sayyorasining ikkita yo'ldoshi bor. Ularni 1877-yilda teleskop yordamida kashf qilishgan. Ularning nomi Fobos (yunon tilida «qo'rquv» degani) va Deymos («dahshat») bo'lib, bu nomlar urush xudosiga atalgan sayyora yo'ldoshiga munosib nomlardir. Fobos Marsning yaqin-roq yo'ldoshi. Deymos esa uzoqroq orbitada joylashgan. Marsning yo'ldoshlari bizning Oy kabi dumaloq emas, balki cho'zinchoqroq shaklda bo'lib kartoshkaga o'xshaydi.

@koinotvaqti

Report Page