MARMELAD ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

MARMELAD ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

Telegram kanal @oborudovanie_uz

Marmelad ishlab chiqarish liniyasi rivojlangan to'xtovsiz faoliyat sexi bo'lib, hamkor kompaniyamiz tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarilgan texnologiya asosida faoliyat yurutadi. Butun boshli liniya aralashtirish bunkeri, saqlash bunkeri, quyish mashinasi, sovutish toneli, konveyer, shakar bilan qoplash (karamellash) mashinasidan tashkil topgan.

Har qanday marmelad asosidagi materiallar, jumladan, jelatin, pektin, karragenan, akatsia saqichi va hklar ishlab chiqarilishi mumkin. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish nafaqat vaqtdan yutadi, balki ishchi kuchi, ishlab chiqarish maydoni va ishlab chiqarish harajatlarini ham tejaydi.

Ishlab chiqarish jarayoni:

Jelatin eritish → Shakar va glyukoza qaynatish → Eritilgan jelatinni shakar qiyomiga qo'shish → Saqlash → Ta'm, rang va sitrik kislota qo'shish → Quyish → Sovutish → Shakllantirish → Konveyerdan o'tkazish → Qurutish → Qadoqlash → Tayyor maxsulot.

Parametrlar:

Ishlab chiqarish salohiyati: 150 - 600 kg/soat
Quyish tezligi: 45 ~ 55 ta/min
Ishlash sharoiti: 20 ~ 25℃
Umumiy quvvat: 35Kw ~ 50Kw /380V
Umumiy uzunligi: 18 m
Umumiy og'irligi: 3000 - 6000 kg

Ushbu liniya narxi va qo'shimcha xarakteristikalar, so'rov asosida hamkorlarimizdan surushtirib, aniqlab beriladi.

Report Page