MA'RIFATLI JAMIYAT

MA'RIFATLI JAMIYAT


O'ZBEKISTON TUMANIDA "MA'RIFATLI JAMIYAT - JAHOLATNI QORALAYDI" MAVZUSIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani XTB tasarrufidagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” va “Diniy ekstrimistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirov va yetakchi mutaxassisi I.Zokirjonovlar tashrif buyurdi.

Maktab hovlisining kirish qismiga “Gullar va qushlar” ko’rgazmasi tashkil etildi. Tashrif buyurgan mehmonlar mazkur tabiiy va madaniy tarzda tashkillangan ko’rgazmadan bahra olishdi. 5 muhim tashabbus doirasidagi sport, san’at, qo’l mehnati ishlari ham namoyish etildi.

Tadbirda o’quvchilar tomonidan milliy raqslar, vatanni hamda ulug’ ajdodlarimizni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, she’rlar ijro etildi. Turli noto’g’ri diniy oqimlarga qo’shilib, so’ngra namodat chekkan insonlar taqdiri aks etgan sahna ko’rinishlari ham namoyish etildi. Tadbirning madaniy-ma’rifiy qismi yakunlangach, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shohrux Shokirov so’zga chiqib “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” va “Diniy ekstrimistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid” mavzularida maktab o’qituvchilari va o’quvchilari uchun ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida mazkur tadbirni tashkil etish va o’tkazishda hamkorlik qilgani uchun 33-umumiy o’rta ta’lim maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari N.Mamajonovaga Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi tomonidan “Ma’rifat” turkumidagi kitoblar jamlanmasi sovg’a qilindi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, yuksak axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni yurtimizda bo’layotgan islohotlarga nisbatan dahldorlik hissini shakllantirish, buyuk adib, olim, mutafakkir, yozuvchi va shoirlarimiz hayoti va ijodini o’quvchilarga yaqindan tanitish, ularning asarlarini yaqindan o’rganish hamda ularni xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

O’tkazilgan tadbirlarni OAVda yoritish maqsadida “Tohir Bog’dod” Telekanali muhbiri taklif etildi. Mazkur tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, telegram)da yoritildi.

Tadbirdan lavhalar:

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI O'ZBEKISTON TUMAN BO'LINMASI.


Report Page