MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmatiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻg'risida"gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 4-aprel kuni Chirchiq shahridan Qurolli Kuchlar safiga muddatli harbiy xizmatga yuborilgan yigitlarimiz harbiy xizmatni belgilangan muddatlarini oʻtab, oʻz ota-onalari bag'riga sog'-salomat qaytib kelishdi. Xizmat davomida alohida namuna ko‘rsatgan yoshlarga harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan Respublikamizdagi Oliy bilim yurtlariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalarga ega bo‘lganliklari barchani behad quvontirdi.
Haqiqatdan ham, armiya yoshlarni chinakam Vatanparvar, haqiqiy o‘g‘lon qilib tarbiyalaydi. Shuningdek muddatli harbiy xizmatdan qaytib kelayotganlarning har biri bilan suhbatlashib ularni harbiy xizmatdan keyingi yanada ma'suliyatli fuqarolik hayotlarida oʻz oʻrinlarini topishlari uchun Chirchiq shahar hokimligi hamda aholini bandlikga koʻmaklashuvchi markaz bilan hamkorlikda ularni doimiy ish joylari bilan ta'minlash ishlari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.