“MAQSAD” Eshqulova Farangiz Zayniddin qizi

“MAQSAD” Eshqulova Farangiz Zayniddin qizi

Elektromexanika fakulteti, 3-kurs, PTV-696 guruh talabasi

               Endigina chet ellik hamkorlarimiz bilan majlis tugagan va juda charchagan edim. Majlislar zalidan shundoq ko’chadagi kishilar ko’rinib turar edi. Ustiga oppoq, dazmollangan ko’ylak va jinsi shim kiyib olgan bola diqqatimni tortdi. Bir vaqtlar men ham xuddi shu boladek yurganlarimni, ya’ni klassik kiyimga norasmiy shimni kiyib yurgan vaqtlarim yodimga tushdi. Balki o’sha vaqtlarda shunaqa “sayoq” yurmaganimda hozirgidek katta kompaniya direktori bo’lmas edimmi buyog’i faqat yaratganga ma’lum edi.

        O’qishga kirganimning ilk kunlaridanoq o’qishdan ko’nglim qoldi. O’quvchilar bilimi sifati past edi. Men oliygohni umuman boshqacha tasavvur qilgan edim. Atrofimda faqat bahs-munozara mendanda kuchli va bilimli bolalar bo’ladi deya o’ylagan edim. Ahir men shartnoma asosida o’qirdim. Davlat grantidagi tengdoshlarimni umuman boshqacha bo’lsalar kerak deya o’ylagan edim. Shunday qilib sekin-astalik bilan o’qish vaqtlari o’tib, borar edi. Har kuni darsga “NB” olmaslik uchun kelish va men uchun “azob” bo’lib, ko’rinayotgan formani kiyish kundan-kunga menga yoqmas edi. Savol tug’ilardi menda: “Nima uchun o’quvchilarning bilim saviyasi emas, ular bozordan olib kiyayotgan formasiga e’tibor qaratishadi?”. Bir kuni darsga “tartibsiz” o’quvchilardek men ham o’qishimizning asosiy muammosi bo’lmish formani buzib kiydim. Boshida hech kim e’tibor bermadi. Lekin men hurmat qiladigan o’qituvchimiz darsi boshlangan vaqtda, men va yana boshqa kursdoshlarim familiyasi o’qilib darsni tark etishimiz so’raldi. Buning sababini tushunolmadim, forma kiymaslik menga oddiy holga aylangan edi. Jahlim chiqib ustozga norozi ohangda gapirdim.

-Biz gaplashmagan bo’lsak, hali darsni ham so’ramagan bo’lsangiz nega dars boshlanmasdan bizni chiqarib yubormoqchisiz?

-“Tartib-intizomni buzdingiz”,-qisqa va bosiqlik bilan javob qildi o’qituvchim.

-Nahot, shu tartib intizom o’quvchilar bilimidan ustun bo’lsa? 

-“Darsni tark etishingizni so’rayman”,- deb bus afar qat’iy ovozda gapirgandilar.

Bunaqa bo’ladi deb kutmaganligim sababli nima deyishni bilmasdan turib qoldim. Shunda sheriklarim so’z boshladilar:

-Ustoz mayli bir safar shunaqa bo’lib qoldi. Keying safarga to’g’irlab kelamiz xatoimizni.

-O’tgan darsda ham shu holda edingiz men sizlarni ogohlantirgan edim.

Men birdan gapirib yubordim shekilli hamma menga qaradi:

-Ahir men endi shu holda keldim-ku?

Ustozim javob berishni xohlamadilar. Men yana gapirdim:

-Shu forma bilan bilimni baholasangiz mayli, o’zingiz bilasiz, lekin men sizga forma kiymasdan ham yetuk shaxs bo’la olishimni va forma hech qanday ahamiyatga ega emasligini isbotlayman - deya xonadan chiqib ketdim.

        O’sha kuni o’z oldimga ulkan maqsad qo’ygan edim. Hali “katta inson” bo’lib, o’qituvchimga hammasini isbotlayman deb. Albatta, bu voqeadan barcha o’qituvchilarimiz xabar topgan va meni formamni qattiq nazorat ostiga olishgan edi. Kunlar shu tarzda o’taverdi. Men ham  formani kiymasdan yura olmadim. Sababi, o’qituvchilarimiz “NB” qo’yishayotgan va “otrobotkasi” uchun qo’lda yozilgan 50 varoqli ma’lumot so’rashyotgan edi. Men “katta inson” bo’lish uchun har doimgidan ham ko’proq o’z ustimda ishlardim, izlanardim.

        Vaqt o’tdi, oliygohni ham tugatdim. O’zim istagan inson bo’ldim. Endi bilsam bu yutuqlarim barchasiga meni darsdan chiqarib yuborgan o’qituvchim orqali erishgan ekanman. O’sha kishi sababli, men tartib intizomga qat’iy amal qildim, barcha topshiriqlarni o’z vaqtida va ortig’i bilan bajargan edim. Ishga kirib bildimki, hamma yutuqlarning boshida tartib va intizom ekan. Bu bolaga ham mening o’qituvchimdek, o’qituvchi kerakmikin deb kulib qo’ydim. Hozirgi yoshlar ham xuddi meni yoshligimdek fikrlashadi. Forma hech nimani hal qilmaydi. Talabalarni bilimi bo’lsa, bo’ldi deb o’ylashadi. Balki ular ham tartib-intizom yuksak marralarning otasi ekanligini tushunib, yetish uchun vaqt kerakdir.



Report Page