MAQOLAGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Xalqaro Nordik universitetiMaqola hajmi: 3-5 bet
Matn redaktori: MS Word
Qog‘oz o‘lchami: A4(21x29,7 sm)
Shrift: Times New Roman, asosiy matn o‘lchami 12 kegl.
Qatorlar oralig‘i (interval): 1
Аsosiy va qo‘shimcha sarlavha boshlanishidan oldin 12 pt, asosiy matngacha 6 pt; asosiy matndan avval 0 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.
Jadval va chizmalarning nomlanishi: boshlanishdan avval 6 pt, tugatilgandan keyin 3 pt
Jadval va chizmalar ostidagi manbaning joylashuvi: boshlanishdan avval 3 pt, tugagandan soʼng 3 pt.
Hoshiyalar (chegaralar): yuqoridan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 2,0, oʼngdan 2,0 sm.
Sahifa (bet) raqamlari: toq raqamlar pastki chap burchakda, juft raqamlar pastki o‘ng burchakda aks etishi lozim.
Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, nemis, ispan va fin tillarida taqdim etilishi mumkin.
Quyidagi tartibda tuziladi: sarlavha, annotatsiya (50 so‘zdan oshmasligi hamda maqola berilgan tilda va ingliz tilida berilishi lozim), kalit so‘zlar (8-10 ta), kirish, asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati.
Аsosiy va qo‘shimcha sarlavhalar:
qalin harflar bilan (12 pt) yozilishi, chap tomonga nisbatan tekislanishi lozim.
Аsosiy va qoʼshimcha boʼlimlar quyidagicha tartiblanadi:
1. Kirish, 2., 2.1, 2.1.1 va h.k. (uchtadan ortiq raqamlangan bo‘lim sarlavhalaridan foydalanmang, masalan 2.1.1.1).
Raqamsiz sarlavhalarga ham ruxsat beriladi.
Rasm va jadvallar (shrift o‘lchami 9 kegl) matnga birlashtirilishi va aniq havola berilishi kerak, masalan: (1-rasm) yoki ... “2-jadvalda ... taqdim etildi”.
Rasm va jadvallar oq, qora rangda bo‘lishi lozim. Har bir rasm va jadval nomlanishi va o‘sib borish ketma-ketligida raqamlanishi kerak.
Rasm va jadvallarning sarlavhasi chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi, manbasi esa, chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi lozim.
Maqoladagi iqtiboslar matn ichida, kvadrat qavsga olinib, [1:18] shaklida rasmiylashtiriladi.
Adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida keltiriladi.
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!
To’plamga kiritilgan har bir maqola uchun 50.000 (ellik ming) so‘mdan to’lov qabul qilinadi.
Plastik karta raqami: 8600060959982282 (Sodiqova Sabohat)